Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi
Uning ichidan chiqqan tangalarning o‘zi 3,7 kiloga teng bo‘lib, qiymati 360 ming dollarga yetadi. Olimlar ushbu xazina Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin yashirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Foto: Museum of Eastern Bohemia
Chexiya shimoli-sharqida Krkonoshe tog‘iga o‘rmonni kesib o‘tish orqali bormoqchi bo‘lgan turistlar tosh devor orasidan chiqib turgan alyuminiy qutini topib oldi. CNN’ning yozishicha, uning ichidan 10 ta tilla bilaguzuk, 17 ta porsigar, upadon, taroq va 598 ta tanga chiqqan.
Turistlar topilmani Chexiya Sharqiy muzeyiga topshirgan. Arxeologlar xazinani o‘rganib, u topilgan hududni tadqiq etishga qaror qilgan.
Olimlar hozircha ushbu buyumlarni kim va nima uchun yashirganini aniqlagani yo‘q. Ammo ta’kidlanishicha, xazinaning yoshi 100 dan oshmaydi, chunki tangalardan biriga 1921 yil sanasi tushirilgan. Arxeologlarning taxminicha, tilla buyumlar Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin tog‘li hududda qoldirib ketilgan bo‘lishi mumkin.
Topilgan buyumlar qiymati hozircha noma’lum. Qutidagi tangalarning og‘irligining o‘zi 3,7 kilogrammni tashkil etadi, ularning qiymati esa 360 ming dollarga baholanmoqda. Shu bilan birga, ular orasida mahalliy pullar yo‘q, hammasi bolqon va fransuzlarniki. Ikkita porsigar qattiq yopilgan, shu bois uning ichida yana nimadir bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Muzeydagilar ushbu xazina juda noodatiy ekaniga e’tibor qaratgan. Olimlar barcha metall buyumlar tarkibini aniqlashi va ularning qiymatini baholashi uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazishi zarur.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
Mavzuga oid

12:30 / 23.05.2025
Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi

15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi

13:50 / 05.05.2025
Zelenskiy Chexiyada: Rossiya bilan sulhga istalgan vaqtda erishish mumkin

21:41 / 17.04.2025