O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda
Prezident huzurida so‘nggi 10 kun ichida ikkinchi marta avtomobil sanoati sohasi bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Soha mas’ullarining aytishicha, 2025 yilda BYD avtomobillarining 60 ta detalini mahalliylashtirish hisobiga elektromobil tannarxini pasaytirish mumkin.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 dekabr kuni avtomobil sanoatida 2025 yil uchun ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Bu masala bundan 10 kun oldin, 25 noyabr kuni ham muhokama qilingan, mutasaddilarga rejalarni tanqidiy ko‘rib chiqish topshirilgan edi. Bu galgi taqdimotda prezident ko‘rsatmalari asosida takomillashtirilgan chora-tadbirlar bayon qilindi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, avvalo ishlab chiqarish hajmi va sifatiga e’tibor qaratiladi. Hozir yiliga 400 mingdan ziyod avtomobil sotilyapti. Bu tendensiya keyingi yillarda ham saqlanib qoladi.
“Qolaversa, O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi kutilmoqda. U holda, bozorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun raqobat yanada kuchayadi. Shuning uchun sifat ustida ishlash, mahalliylashtirish darajasini oshirish zarurligi ta’kidlandi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2025 yilda BYD avtomobillarining 60 ta detalini mahalliylashtirish hisobiga elektromobil tannarxini pasaytirish mumkin. Bu kompaniya rahbariyati ham O‘zbekistondagi tarmoq korxonalari salohiyatini yuqori baholagan. Shu bois Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markazi imkoniyatlarini ishga solib, hududiy korxonalar bilan kooperatsiya hajmini 2 karra oshirish vazifasi qo‘yildi.
“Yana bir muhim masala – eksport. So‘nggi yillarda qo‘shni davlatlarda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani natijasida 40 mingdan ortiq avtokomplekt sotilgan. Kelgusi yil eksportni 700 mln dollardan oshirish maqsad qilingan. Shu bilan birga, Samarqanddagi avtobus va yuk transporti korxonalarini ham tashqi bozorlarga olib chiqish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi”, – deyiladi rasmiy relizda.
Qo‘shimcha qilinishicha, prezident zamon talablariga moslashib, ishlab chiqarishni barqaror qilish, marketing va sifat bo‘yicha har kuni izlanish zarurligini ta’kidlagan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09
-
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov
Jahon | 23:03
-
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi
Jahon | 22:56
Mavzuga oid

16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”

09:10 / 03.05.2025
Toshkentda daraxtga urilgan BYD yonib ketdi

20:17 / 02.05.2025
Toshkentda BYD piyodani urib yubordi

09:52 / 05.04.2025