Buxoro viloyati hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi
Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Odilov hamda Buxoro davlat pedagogika instituti birinchi prorektori Hafiza Ortiqova viloyat hokimining o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Ular Mirali Hamroyev va Feruza Ibragimovaning o‘rnini egalladi.
Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Mirali Hamroyev va Feruza Ibragimova o‘z lavozimlaridan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi
.2020 yildan beri Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Mirali Muhammadjonovich Hamroyev o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi.
Uning o‘rniga Baxtiyor Alisherovich Odilov tayinlandi.

Baxtiyor Odilov 1986 yil 22 iyunda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — iqtisodchi. Ta
yinlovga qadar Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kel ayotgan edi.Shuningdek, Feruza Ibragimova boshqa ishga o‘tayotgani munosabati biqilindi.
lan Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozodUning o‘rniga Hafiza Ortiqova tayinlandi.

Hafiza Ortiqova 1976 yil 24 dekabrda Buxoro tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Biologiya fanlari doktori, professor. Ayni paytga qadar u Buxoro davlat pedagogika institutining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq, prezident yig‘ilishidan keyin, Buxoro viloyatidagi uchta tuman va bir shahar hokimlari ham o‘zgargan edi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy blekaut keltirib chiqaradigan qurol yaratganini e’lon qildi
Jahon | 17:05
-
“AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda
Jamiyat | 17:00
-
Denov tuman sudi sobiq raisi 5 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 16:57
-
Xitoyda odamsimon robotlar ishtirokidagi ilk futbol turniri bo‘lib o‘tdi
Fan-texnika | 16:38
Mavzuga oid

08:52 / 13.06.2025
“Hissiyotli gapirishga to‘g‘ri kelgan” – Buxoro viloyati hokimining gapiga munosabat bildirildi

11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona

10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

20:43 / 27.12.2024