Baxtiyor Saidov yahudiy ravvinning o‘limi munosabati bilan Isroil elchisiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BAAda uch nafar o‘zbekistonlik tomonidan o‘ldirilgani gumon qilinayotgan isroillik ravinning vafoti munosabati bilan Isroilning Toshkentdagi elchisiga hamdardlik bildirdi. “Terrorizm va ekstremizmning chegarasi va millati yo‘q. O‘zbekiston hukumati tergov jarayonlarida BAA va Isroil idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, dedi Baxtiyor Saidov.

Foto: Baxtiyor Saidovning Telegram-kanali
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Gideon Lustig bilan uchrashib, Tsvi Koganning vafoti munosabati bilan “chuqur hamdardlik” bildirdi.
“O‘zbekiston xalqi barcha din va elat vakillariga azaldan do‘stona munosabatda bo‘lib kelgan. Biz millatchilikning hech qanday ko‘rinishiga toqat qilmaganmiz va bundan keyin ham toqat qilmaymiz. Terrorizm va ekstremizmning chegarasi va millati yo‘q. O‘zbekiston hukumati tergov jarayonlarida BAA va Isroil idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, – deya ma’lum qildi Saidov.
Tsvi Kogan – Isroil va Moldova fuqarosi, BAA rezidenti bo‘lgan ravvin. 21 noyabr kuni Al-Ayn amirligida uning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan. BAA Ichki ishlar vazirligi jinoyatda gumonlab uch nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan. Isroil nashrlariga ko‘ra, “Mossad” gumondorlarni Eron bilan bog‘liq guruhga aloqador deb hisoblamoqda.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
-
Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 22:28 / 23.06.2025
Mavzuga oid

15:41 / 23.06.2025
AQSh Eronga berilgan zarbalardan so‘ng mamlakatda teraktlar xavfi ortganidan ogohlantirdi

13:58 / 23.06.2025
Eron AQShga yana bir bor tahdid qildi

13:30 / 23.06.2025
NYT: AQSh bombardimonchilarni Yaqin Sharqqa jo‘natishda chalg‘ituvchi taktikadan foydalandi

12:08 / 23.06.2025