«Krokus» ishiga aloqador shaxslar yana bir teraktni tayyorlashda ayblandi
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular buni qo‘lda yasalgan portlovchi moddalar yordamida amalga oshirishni rejalashtirgan.

Foto: TASS
Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida uyushtirilgan terakt ishtirokchilari sifatida gumonlanayotgan uch nafar shaxsga yana bir hujumga tayyorgarlik ko‘rish aybi qo‘yildi: tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular buni qo‘lbola portlovchi moddalar yordamida amalga oshirishni rejalashtirgan. Bu haqda TASS ish materiallariga tayanib yozdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayblanuvchilar hujumni qo‘lbola bomba yordamida amalga oshirishni rejalashtirgan. Shu boisdan ham ular terrorchilik harakatiga tayyorgarlik ko‘rish va uyushgan guruh tomonidan portlovchi moslamani noqonuniy yasashda ayblanmoqda.
Bundan tashqari, «Krokus» ishi bo‘yicha to‘rt nafar ayblanuvchiga nisbatan «Islomiy davlat» tarkibiga kiruvchi, taqiqlangan «Xuroson Viloyati» terrorchilik guruhi faoliyatida ishtirok etganlik bo‘yicha ish ochilgan.
Shuningdek, ularga nisbatan yana ikkita — uyushgan guruh tomonidan o‘qotar qurol va o‘q-dorilarning noqonuniy muomalasi hamda portlovchi moslamani noqonuniy yasash bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
TASS «Krokus» ishi bo‘yicha ishtirokchilarning qaysi biri yangi ayblovlar bilan ayblangani haqida ma’lumot bermadi.
«Krokus Siti Xoll»dagi terakt 22 mart kuni sodir bo‘ldi. Qurollangan odamlar binoga bostirib kirib, konsertga kelgan odamlarga qarata o‘q uzdi. Keyin ular zalga o‘t qo‘yib, qochishga harakat qilishdi. 145 kishi halok bo‘ldi, 550 dan ortiq kishi jarohat oldi.
«Krokus»ga qilingan hujum uchun javobgarlikni «Xuroson Viloyati» o‘z zimmasiga oldi. Ishda 20 ga yaqin odam ishtirok etmoqda, ular orasida tergovchilarga ko‘ra, terakt sodir etganlarni uy-joy, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlaganlar ham bor. Tergov ishga bevosita aloqador sifatida Tojikistonning to‘rt fuqarosini ko‘rsatmoqda.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«PSJ»ning finaldagi g‘alabasidan so‘ng Parijda tartibsizliklar yuzaga keldi
Sport | 13:29
-
Mintaqaning xavotirli kelajagi, qirg‘izlarning sigaretga taqiqi va kuzatuvchilarga yopiq Dushanbe aeroporti
Jahon | 12:40
-
Kursk oblastida ham ko‘prik quladi
Jahon | 11:21
-
NYT: Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida giyohvand moddalar iste’mol qilgan
Jahon | 09:00
Mavzuga oid

11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025