Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Test tuziladigan adabiyotlar ro‘yxatini e’lon qilish agentlikning vazifasi emas” - BMBA
Abituriyentlarga test tuziladigan adabiyotlar ro‘yxatini berish Maktab va maktab ta’limi vazirligining vazifasi, deb hisoblayapti Bilimlarni baholash agentligi mas’ullari. Shuningdek, ular maktablarda o‘quv dasturlari xilma-xil bo‘lib ketgani va bu abituriyentlarni chalg‘itib qo‘yayotganini aytishdi.
8 avgust kuni AOKAda Bilimlarni baholash agentligi ommaviy axborot vositalari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda nega abituriyentlarga test tuziladigan adabiyotlar ro‘yxati to‘liq e’lon qilinmasligi muhokamaning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Agentlik boshqarma boshlig‘i Zafarbek Olimov test tuziladigan adabiyotlar ro‘yxatini e’lon qilish agentlikning funksional vazifasiga kirmasligini aytdi. Uning fikricha, buni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi amalga oshirishi kerak.
“Biz adabiyotlar ro‘yxatini e’lon qilyapmiz. Bu sansalorlik emas. Aslini olganda biz abituriyentlar uchun harakat qilyapmiz. Garchi bu bizning vazifamiz bo‘lmasa-da, abituriyentlarga yengillik bo‘lishi uchun buni e’lon qilyapmiz”, – dedi u.
Olimovning izohiga aniqlik kiritish uchun Kun.uz muxbiri Bilimlarni baholash agentligi test tuzuvchi va oluvchi tashkilot bo‘la turib, nega qaysi kitoblardan test tuzishini aytmoqchi emasligini so‘radi.
Olimov o‘z gapi muxbir tomonidan xato talqin qilinayotganini ta’kidlab, fikrini quyidagicha tushuntirdi.
“Hozir biz dasturni asos qilib ko‘rsatyapmiz, chegara bor. Aytaylik, siz o‘quv dasturini olib qarasangiz, shu dasturda mavzular belgilangan. Shu mavzularni o‘quvchi maktab darsligidan o‘qiydimi yoki akademik litseylar talabalari uchun tayyorlangan darslikdan o‘qiydimi farqi yo‘q. Lekin maktab ta’limini olgan bola uchun oliy ta’lim savollari shakllantirilmaydi hech qachon.
Keyin yana bir narsani inobatga olishingiz kerak, bitta narsani gapirayotganda bir detalni uzib olib turib, unga baho berish kerak emas. O‘sha jarayonni yaxlit tahlil qilinglar. Chunki savollar butun yil davomida shakllantiriladi. Biz yanvar, mart, aprel va may oyining birinchi o‘n besh kunligida aprobatsiya o‘tkazamiz. Va shu joyda ilmiy tahlil olib boriladi. Ilmiy tahlilga ko‘ra test topshirig‘i talabiga mos kelmagan testlar bazadan chiqarib yuboriladi. Bu esa o‘z-o‘zidan hech kimga ko‘rsatmasdan, aytmasdan tanlab olinyapti degani emas”, – dedi Olimov.
Muxbir Olimov aytayotgan chegara qayerda tugashi, o‘quv dasturiga ko‘p ma’lumot kiritilgani, abituriyent uning hammasini yodlab qololmasligi, nega shu paytgacha bu aniq qilib belgilab qo‘yilmagani haqida so‘radi.
Mas’ul bu chegara o‘quv dasturida belgilangani, o‘quv dasturida boblar, bo‘limlar mavjudligini aytdi. “Mazmunning o‘zi o‘quv dasturi bilan chegaralanib turibdi. Siz bir narsani tushunishingiz kerak, biz abituriyentning holatiga qarab tayyorlanmaymiz. Biz davlat ta’lim standartlari tomonidan qo‘yilgan me’yor bo‘yicha ish yuritamiz. Agar biz abituriyentning bilimiga moslashadigan bo‘lsak, uning saviyasi past bo‘lib qolsa, bizning testlarimizning saviyasi ham past bo‘lib qoladi”, – dedi Olimov.
U qo‘shimcha ravishda maktabdagi o‘quv dasturlari o‘zi xilma-xil bo‘lib ketgani, bu esa savollarni shakllantirishni qiyinlashtirganini ham qo‘shimcha qildi. “Yaqinda to‘rtinchi dastur kirib keldi. Ertaga o‘sha dasturlarda o‘qigan bitiruvchi keladi. Bittasi, zamonaviy dasturni bitirgan bo‘lsa, boshqasi fin, yana biri Cambridge dasturini o‘qigan bo‘lsa, nazoratchi qanday qilib ajratib savol varaqasini tarqatadi. Maktabgacha ta’lim vazirligi mana bu dasturdan olasan deb berdimi, biz ijrochi tashkilot sifatida undan tashqariga chiqolmaymiz. Lekin vazirlik shuni o‘ylashi kerak. Ertaga hamma bitiruvchi bitta oliy ta’limga boradi, savol tuzish qanaqa bo‘ladi, deb o‘ylashi kerak”, – dedi u.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
-
Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi
Jamiyat | 21:52
-
Ukraina va Rossiya delegatsiyalari shu hafta Istanbulda uchrashishi kutilmoqda
Jahon | 21:43
-
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38
Mavzuga oid

12:07 / 21.07.2025
Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazilish sanasi va vaqti aniq bo‘ldi

10:51 / 21.07.2025
Talabalarni qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi

18:14 / 19.07.2025
O‘qishni “perevod” qilish uchun pul to‘lanadimi?

10:20 / 15.07.2025