Ta’lim | 12:07 / 21.07.2025
889
1 daqiqa o‘qiladi

Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazilish sanasi va vaqti aniq bo‘ldi

Kirish test sinovlari 2025 yil 24 iyul kuni respublikaning barcha hududida, 25 iyul kuni Toshkent shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi.

Foto: Kun.uz

Test sinovlari o‘tkazilish vaqti:

🟢birinchi smena soat 9:00 da;
🟢ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Mavzuga oid