Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh noqonuniy migratsiya tashkilotchilariga viza bermaydigan bo‘ldi
AQSh hukumati mamlakatga noqonuniy migratsiya tashkilotchisi bo‘lgan shaxslarga nisbatan viza cheklovini joriy qildi. Davlat departamentiga ko‘ra, chet elliklarning AQShga noqonuniy kirib kelishiga yordam beruvchi shaxslarga endi Amerika vizasi berilmaydi.

Mark Abramson for The New York Times
Rasmiy axborotda bu cheklov odamlarni AQShga noqonuniy yo‘l bilan yuborishni o‘zining asosiy faoliyati qilib olgan sayyohlik agentliklari va turoperatorlarning rasmiylariga ham taalluqli ekani alohida qayd etilgan.
“Hech kim – na kontrabandachilar, na xususiy kompaniyalar, na davlat amaldorlari va na boshqalar – zaif muhojirlar hisobidan foyda ko‘rmasligi kerak”, – deyiladi Davlat departamenti axborotida.
Bir necha oy oldin bunday cheklov noqonuniy migratsiyani tashkillashtiruvchi kompaniyalarning quruqlik, dengiz va havo transporti orqali odamlarni tashish bilan shug‘ullanadigan mansabdorlariga nisbatan joriy etilgan edi. Endilikda cheklov doirasi kengaytirilib, turfirmalar va turoperatorlarning yuqori lavozimli amaldorlari ham “qora ro‘yxat”ga kiritildi.
Avvalroq, 2023 yilda AQSh chegarasini 50 ming nafar markaziy osiyolik noqonuniy kesib o‘tgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Deputatlar dala chetlariga ekin ekishga oid bahsli qonun loyihasini o‘zgarishlar bilan qabul qildi
O‘zbekiston | 16:03
-
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 15:59
-
Salqinlikni saqlab qoling: yoz kunlarida xonadonda energiyani tejash bo‘yicha 10 maslahat
Jamiyat | 15:18
-
Eskalatorlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 15:05
Mavzuga oid

11:27
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi

08:38
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi

07:48
Xitoy Trampning Rossiya hamkorlariga bojlar joriy etish rejasiga qarshi chiqdi

21:23 / 15.07.2025