Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi
Kun.uz obunachilarining xabar berishicha, Ko‘kdala tumani Yettitom shaharchasi hududida kuchli portlash kuzatilgan va olov balandligi o‘nlab metrga ko‘tarilgan. FVV «Oltindala» MFYda joylashgan gaz quyish shoxobchasi hududida yong‘in sodir bo‘lgani va uni o‘chirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani Yettitom shaharchasi hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Kun.uz obunachilarining xabar berishicha, bugun, 16 iyul kuni 14:30lar chamasida hududdagi katta yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida portlash sodir bo‘lgan. Portlash bir nechta obektda kuzatilgan, olov balandligi o‘nlab metrga ko‘tarilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, bugun soat 14:40larda Qashqadaryo viloyati FVBga, Ko‘kdala tumani, «Oltindala» MFYda joylashgan gaz quyish shoxobchasi hududida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 14:45 da yetib borib, yong‘in soat 15:00 da o‘rab olingan va hozirda uni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Vaziyat to‘liq Qashqadaryo viloyati FVB nazoratida. FVB gaz quyish shoxobchasida portlash bo‘lgani va jarohatlanganlar haqida ma’lumot bermadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

16:43 / 26.07.2025
O‘rmon yong‘inlari havo isiyotgani bilan bog‘liqmi? Ularning oldini olish choralari mavjudmi?

15:11 / 26.07.2025
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi

12:45 / 25.07.2025
“Surxondaryoning “o‘pkasi” yonib ketyapti” – Sheroboddagi yong‘in davom etayotgani ma’lum bo‘ldi

21:48 / 24.07.2025