Samarqandda Labo urib yuborgan 9 yoshli bola shifoxonada vafot etdi
Samarqand shahrida Labo haydovchisi yo‘lning qatnov qismida velosiped boshqarib kelayotgan bolani urib yubordi. Haydovchi bola velosiped bilan birdan oldidan chiqib qolganini, uning kelayotganini ko‘rmaganini aytgan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand shahrida yana bola o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 23 iyul kuni soat 14:00lar atrofida shaharning «Saxovat» MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda sodir bo‘lgan. Labo mashinasini boshqarib borayotgan haydovchi yo‘lning qatnov qismida velosipedda harakatlanib kelayotgan 9 yoshli bolani urib, bosib o‘tgan. Buning oqibatida bola og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan u vafot etgan.
«Bola velosiped bilan kelib, birdan oldimdan chiqib qoldi, ko‘rmay qoldim uning kelayotganini. Haydovchilar va velosipedchilardan hushyor bo‘lishlarini so‘rab qolardim. Qilgan ishimdan pushaymonman, ikkinchi qaytarilmaydi», - degan haydovchi.
IIB xodimining so‘zlariga ko‘ra, YTH voyaga yetmagan velosipedchi qarovsiz ko‘chaga chiqqani va haydovchining e’tiborsizligi oqibatida sodir bo‘lgan. Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Oldinroq Samarqandda 7 yoshli bola Nexia urib ketishi oqibatida vafot etgandi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda kuchli dovul kuzatildi
O‘zbekiston | 19:27
-
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
Jahon | 19:10
-
Toshkent va Samarqand vokzallarida infokioskalar ish boshladi
O‘zbekiston | 19:00
-
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi
Jahon | 18:55
Mavzuga oid

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi

14:39 / 16.05.2025