Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
Uch nafar ayolning jinsiy a’zolaridan umumiy og‘irligi 6 kilogramm 28 gramm bo‘lgan jami 120 dona tilla tangalar olingan.

Foto: Istanbul politsiyasi
25 aprel kuni Turkiyaning Istanbul shahri aeroportining xalqaro yo‘lovchilarni qabul qilish zalida o‘tkazilgan tekshiruvlar chog‘ida Qozog‘istonning Chimkent shahridan uchib kelgan 3 nafar ayol to‘xtatildi.
Ular o‘zbekistonlik Aziza B., Dilsora A. va Firuza K. ekani aytilmoqda. Gumonlanuvchilarning yuklari tekshirilgan, ammo hech narsa topilmagan. Ammo rentgenogrammada ayollarning beli sohasida qattiq jismlar borligi aniqlangan.
Jiddiy shubhalar tufayli gumonlanuvchilar prokuraturaning ko‘rsatmasi bilan rentgen tekshiruvidan o‘tish uchun shifoxonaga olib borilgan. Rentgen nurlari ham ayollarning jinsiy a’zolarida qandaydir narsalar borligini ko‘rsatgan.
Gumonlanuvchilar ayol politsiyachilar nazorati ostida maxsus hududda tintuv qilingan va jinsiy a’zolaridan tillalar olib tashlangan.
Ta’kidlanishicha, ayollarning jinsiy a’zolaridan jami 120 dona turli og‘irlikdagi, umumiy og‘irligi 6 kilogramm 28 gramm bo‘lgan tilla tangalar olingan.
Oltinlar Huquqbuzarliklar profilaktikasi va tergov byurosi guruhlariga topshirilgan. Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.
Turkiyada oltin kontrabandasi qonunga ko‘ra qattiq jazolanadi. Hatto kichik qoidabuzarliklar ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, jumladan jarima yoki qamoq jazosi. Mamlakatga qiymati 15 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini, agar ular tijorat maqsadlarida emas, shaxsiy foydalanish uchun bo‘lsa, bojsiz va soliqsiz olib kirishga ruxsat etiladi.
2024 yil oktyabrda tanasiga oltinni yashirib, Turkiyaga kirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar ushlangan edi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

14:30 / 19.06.2025
Rossiya Ukraina bilan Istanbul kelishuvlarini amalga oshirishga to‘liq tayyorligini ma’lum qildi

13:24 / 19.06.2025
Istanbulda qidiruvdagi ayol qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

08:48 / 15.06.2025