“Navoiyazot” havoga me’yordan ortiq tashlanmalar chiqargani aniqlandi
Holat yuzasidan korxona ma’muriyatiga tegishli tartibda majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

Foto: Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha kundan buyon Navoiy shahri havosidan nafas olib bo‘lmayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, holat Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganilgan. O‘rganish davomida viloyat Ekologiya hamda gidrometeorologiya boshqarmalari va «Navoiyazot» AJ markaziy laboratoriyasi xodimlari tomonidan korxona sanitar himoya zonasi atrofidan tahlil namunalari olingan. O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, atmosfera havosiga tashlanmalar miqdori me’yordan yuqori ekanligi aniqlangan.
Holat yuzasidan “Navoiyazot” AJ ma’muriyatiga tegishli tartibda majburiy ko‘rsatmalar berilgan.
“Bugungi kunda korxona hududida tekshiruv o‘tkazish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida to‘plangan hujjatlar Prezident huzuridagi Tadbirkorlik huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakiliga taqdim etishga tayyorlanmoqda”, deyiladi boshqarma xabarida.
O‘rganish ishlari yakuni bilan qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilingan.
Oldinroq O‘zbekistonning yashil shaharlari reytingni e’lon qilingandi. Unda havo sifati bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarda Navoiy shahri 5,77 ball bilan respublikada 7-o‘rinda qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

21:00 / 17.05.2025
«Yangi daraxt – yangi nafas» respublika ekochempionati o‘tkaziladi

07:35 / 25.04.2025
O‘zbekistonning ko‘p asrlik 9 tup daraxti maxsus xalqaro ro‘yxatga kiritildi

16:12 / 10.04.2025
Ekologik nosoz avtomobillar haydovchilariga chora ko‘riladi

17:33 / 29.03.2025