30 iyundan boshlab Toshkent va Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Joriy yilning 30 iyun kunidan boshlab yo‘lga qo‘yilayotgan qatnovlar haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Kuzda esa ikki davlat poytaxtlari o‘rtasidagi reyslar sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Foto: Turizmusonline
Vengriyaning yetakchi Turizmusonline elektron nashrida Toshkent va Varshava shaharlari o‘rtasida ochilajak havo qatnovlariga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, nashrda O‘zbekiston elchixonasi va Turizm qo‘mitasi tomonidan ikki mamlakat poytaxtlarini bir-biriga bog‘laydigan yangi aviaqatnovlar bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimot haqidagi ma’lumotlar qalamga olingan.
Muallif Agnesh Vagoning yozishicha, tadbirda O‘zbekistonning sayyohlar uchun diqqatga sazovor joylari va bu mamlakat taqdim etayotgan, ko‘pchilik hali kashf qilmagan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
"Mehmonlarga qarshi chiqqan O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov ushbu tadbir maqsadi Toshkent va va Budapesht shaharlari o‘rtasida joriy yilning iyun oyi oxirida yo‘lga qo‘yiladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar haqida ma’lumot berishdan iborat ekanini ta’kidladi, – deyiladi materialda. – Ochilayotgan yangi havo qatnovlari vengriyalik sayyohlarning O‘zbekistonga safar qilishlarini ancha osonlashtiradi".
Anjumanda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev so‘zga chiqib, ishtirokchilarga O‘zbekiston sayyohlik salohiyati haqida so‘zlab berdi. U qadimiy Ipak yo‘li bo‘yida joylashgan va bir necha ming yillik tarixga ega Buxoro, Samarqand, Xiva va Toshkent shaharlariga alohida to‘xtaldi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondagi Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasi vakili Toshkent va Budapesht o‘rtasida yo‘lga qo‘yilayotgan havo qatnovlari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Joriy yilning 30 iyun kunidan boshlab yo‘lga qo‘yilayotgan qatnovlar haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Kuzda esa ikki davlat poytaxtlari o‘rtasidagi reyslar sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan, deb ta’kidlangan materialda.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi
O‘zbekiston | 19:00
-
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
O‘zbekiston | 18:43
-
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
Jahon | 18:41
-
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 18:39
Mavzuga oid

22:36 / 14.05.2025
Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytiriladi

16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi

21:59 / 13.05.2025
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 48 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi

19:08 / 13.05.2025