Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi
Uni o‘chirish uchun 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 2,5 soat harakat qildi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri, Sergeli tumanida 14 may kuni sodir bo‘lgan katta yong‘in bartaraf etildi.
FVV xabariga ko‘ra, 14 may kuni soat 11:03 da Sergeli tumani, Nilufar ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Xabarga asosan, soat 11:05 da 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borgan va uni bartaraf etishga kirishgan.
Yong‘in soat 12:15 da qurshab olingan va soat 13:31 da batamom o‘chirilgan.
Ta’kidlanishicha, yong‘inni bartaraf etish ishlari Favqulodda vaziyatlar vaziri B.Qudratxo‘jayev va uning birinchi o‘rinbosari S.Zuparov boshchiligida amalga oshirildi.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Yong‘inni keltirib chiqargan sabablar hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

16:29 / 13.06.2025