“Navoiyuran” davlat korxonasida ESG tamoyillari joriy qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2030 yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 14 iyuldagi PQ-319-son qarorida korxonada xalqaro talablarga muvofiq ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv “Environment, Social and Governance” (ESG) tamoyillarini joriy etish va reytingini qo‘lga kiritish topshiriqlari belgilangan.
Mazkur topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida korxonada ESG tamoyillarini joriy etish jarayonlari boshlangan bo‘lib, korxonaning 2022 va 2023 yillar uchun Barqaror rivojlanish hisobotlari xalqaro miqyosda tan olingan “Global Reporting Initiatives” (GRI) standartlari asosida shakllantirildi.
Joriy yil 6 may sanasida “Navoiyuran” davlat korxonasining navbatdagi kuzatuv kengashi yig‘ilishida Barqaror rivojlanish hisobotining 2022 yil yakunlari bo‘yicha tayyorlangan hisoboti ko‘rib chiqildi.
Ushbu hisobotda 20 dan ortiq GRI standartlari asosida yig‘ilgan ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘lib, jumladan, korxonaning atrof-muhitga ko‘rsatayotgan ta’sirini ifodalovchi, energiya tizimi samaradorligi, xodimlar bilan munosabatlari, korporativ boshqaruv bilan bog‘liq axborotlarni, korxona iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini va shu kabi korxona faoliyatini o‘zida mujassam etuvchi ko‘plab ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyuldagi PQ-319-son qarori bilan “Navoiyuran” davlat korxonasini salohiyatini to‘laqonli namoyish etish maqsadida ma’lumotlarni rasman e’lon qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash belgilangan.
Bu esa, o‘z navbatida, “Navoiyuran” davlat korxonasini dunyoga yanada tanitish va o‘z mavqeini yanada mustahkamlashiga qaratilgan muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Barqaror rivojlanish hisobotlari kelgusida nufuzli xorijiy kompaniyalar va investorlarni hamkorlik qilishga jalb qiluvchi manbalardan biri ekanligini alohida e’tirof etish joiz.
Mazkur barqaror rivojlanish hisobotining davlat tili va ingliz tilidagi nusxalari yaqin orada nashr etilishi va keng jamoatchilikka taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Medvedev: Yevropa Ittifoqi - Rossiya uchun «to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid»
Jahon | 07:34
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
Mavzuga oid

17:00 / 09.06.2025
"Navoiyuran" korxonasida ESG tamoyillari asosida yangi standartlar joriy etildi

19:00 / 18.04.2025
“Navoiyuran” davlat korxonasi ishlab chiqarish rejasini ortig‘i bilan bajardi

19:00 / 12.04.2025
“Navoiyuran” davlat korxonasi ESG reytingini qo‘lga kiritdi

19:13 / 15.01.2025