O‘zbekiston havo hududida «Tolibon» harbiy vertolyoti urib tushirilgani haqidagi xabarlar rad etildi
Rossiyalik siyosatshunos O‘zbekiston havo hududida «Tolibon» vertolyoti urib tushirilgani haqida xabar tarqatdi. Mudofaa vazirligiga ko‘ra, bu xabar «hech qanday asosga ega emas».

Illyustrativ foto
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mamlakat havo hududida «Tolibon» harbiy vertolyoti urib tushirilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi.
«Shuni ma’lum qilamizki, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», – deyiladi bayonotda.
Bu ma’lumotni rossiyalik siyosatshunos, Afg‘on siyosatini o‘rganish markazi rahbari Andrey Serenko tarqatgan. U o‘z manbalariga tayanib gap «Tolibon» armiyasining Mi-17 harbiy vertolyoti haqida ketayotgani, bortida 15 kishi bo‘lgan vertolyot Mozori Sharifdan Badaxshon tomon uchgani, O‘zbekiston havo hududiga qanday kirib qolgani noma’lum ekani haqida yozgan.
«OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan faqat rasmiy ma’lumotlarga tayanishlarini so‘rab qolamiz. Asoslanmagan yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tamiz», – deyilgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi raddiyasida.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi
O‘zbekiston | 16:32
-
Qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmi 7 tonnaga yetkaziladi
O‘zbekiston | 16:18
-
Vosiq xalqaro maktabining - Yunusobod filiali ham IB PYP sertifikatiga ega bo‘ldi!
O‘zbekiston | 15:30
-
Prezident yoshlarning innovatsion ishlanmalari va istiqbolli loyihalari bilan tanishdi
O‘zbekiston | 15:29
Mavzuga oid

15:39 / 29.06.2025
Termizga tushgan snaryadlar: Ularni kim otgani aniq bo‘ldi

22:29 / 28.06.2025
Detroytda vertolyotdan pul sochildi

16:35 / 28.06.2025
Pokistonda xudkush-terrorchi hujumi oqibatida 16 harbiy halok bo‘ldi

00:59 / 21.06.2025