Peruda topilgan o‘zga sayyoraliklar «jasadi» qo‘g‘irchoq bo‘lib chiqdi
Sud-tibbiyot ekspertlari sirli «jasad»larning o‘zga sayyoraliklarga tegishli ekanini inkor etishdi.

Foto: AP
Meksikaga olib ketilayotgan yuklarni tekshirish chog‘ida Peru bojxona xodimlari tomonidan musodara qilingan sirli «jasadlar»ning o‘zga sayyoraliklarga aloqasi yo‘q. Bu haqda sud-tibbiyot ekspertlari ma’lum qildi, deb xabar berdi AP.
«Jasadlar» qog‘oz, yelim, metall, inson va hayvon suyaklaridan yasalgan. Shu bilan birga, jarayonda zamonaviy yelim ishlatilgan, ya’ni «jasadlar» qadimgi davrda emas, nisbatan yaqinda yasalgan.
Peru prokuraturasi obektlarning kimga tegishli ekanini hozircha aniqlagani yo‘q. Biroq, rasmiylar yuk Meksika fuqarosiga yuborilganini ta’kidlamoqda.
«Jasadlar»dan birining qo‘lida uchta barmog‘i bor edi, bu sentabr oyining boshidagi voqeani eslatadi. Shu vaqtda bir guruh ufologlar jurnalist Xayme Maussan bilan birgalikda Meksika Kongressiga Peruda topilgan «o‘zga sayyoraliklar jasadi» deb nomlangan ikkita obektni taqdim etgan edi. Ularning ham tishlari yo‘q bo‘lib, qo‘llarida uchta barmoq bor edi.
Maussan «jasadlar»ning yoshi ming yil ekanini ta’kidladi. U ilgari NUJ haqida yolg‘on ma’lumot tarqatish va ba’zi narsalarni «o‘zga sayyoraliklar» sifatida tasvirlashga uringanlikda fosh etilgan. Maussan taqdim etgan «jasadlar»ning yerdan tashqarida kelib chiqqanini Perudagi birorta ilmiy tashkilot tasdiqlamadi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning TURKSOYdagi vakili tayinlandi
O‘zbekiston | 08:55
-
Isroil 48 soat ichida G‘azoga 26 marotaba hujum qildi
Jahon | 08:45
-
Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari uchun turbina va qanotlar ishlab chiqaradi
O‘zbekiston | 08:34
-
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali neft tashish narxi keskin tushib ketdi
Jahon | 08:32
Mavzuga oid

15:06 / 08.06.2025
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

18:01 / 25.04.2025
Peruda 5 ming yillik mumiyo topildi

17:50 / 16.04.2025
Peru sobiq prezidenti pul yuvishda ayblanib 15 yilga qamaldi

18:20 / 16.03.2025