Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan
Ichki tergov davomida aniqlanishicha, Amerika armiyasi ofitserlari orasida tarqalgan konspirologiyaning katta qismi Pentagon sanksiyalari asosida paydo bo‘lgan.

Yerda NUJ (noma’lum uchar jismlar) faolligi bilan bog‘liq fitna nazariyalarining kelib chiqish manbalarini aniqlash chog‘ida Pentagon huzurida tashkil etilgan Anomaliyalarni hal qilish bo‘limi (AARO) noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘pincha AQShning yuqori harbiy rahbariyati tomonidan tarqatilgan, degan xulosaga keldi. Pentagon bu ma’lumotlarni 2024 yilgi hisobotida yashirishga uringan, deb yozadi The Wall Street Journal.
Pentagon ichki tergov materiallarini tahlil qilish natijasida WSJ shunday xulosaga keldi: Amerika armiyasi ofitserlari orasida tarqalgan konspirologiyaning katta qismi Pentagon sanksiyalari asosida paydo bo‘lgan yoki uzoq davom etgan hazil an’analari sabab yuzaga kelgan. 2024 yilgi hisobotida Mudofaa vazirligi noqulay vaziyatga tushib qolmaslik va maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik uchun ichki tergovning asosiy tafsilotlarini keltirmagan.
AARO tomonidan ochilgan birinchi dezinformatsiya holati 1980 yillarga tegishli. O‘shanda AQSh Harbiy-havo kuchlari polkovnigi «51-hudud» yaqinidagi barga borgan va «uchar likopcha» suratlarini muassasa egalari bilan bo‘lishgan. Bar devorlariga ilingan suratlar tez orada harbiy baza joylashgan Nevada shtatidan tashqariga ham tarqalgan. WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy xizmatchi mahalliy aholini dezinformatsiya bilan ta’kimlash vazifasini bajargan — ushbu operatsiyaning maqsadi maxfiy poligon hududida F-117 Nighthawk stels-qiruvchisi sinovini yashirish bo‘lgan. Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligiga o‘sha vaqtdagi yangi texnologiya ma’lumotlarini oshkor etishdan ko‘ra, atrofdagi aholi punktlarida yashovchilarning NUJga ishonishi manfaatliroq bo‘lgan. Bunday usul orqali AQSh qo‘mondonligi butun «sovuq urush» davrida ma’lumotlar sizib chiqishidan qochib kelgan.
Ichki tergov davomida Pentagon, shuningdek, Amerika armiyasining amaldagi va sobiq ofitserlarini bir qismi katta ofitserlarning oddiy hazilidan jabr ko‘rib, hozirga qadar o‘zga sayyoralarda hayot mavjudligiga ishonishni davom etishini aniqlangan. Yangi komandirlarga o‘nlab yillar davomida Harbiy-havo kuchlarining go‘yoki o‘zga sayyoraliklarning uchar apparati bo‘lgan suratlar topshirib kelingan. Hazilkashlar buni Yankee Blue deb atab kelgan. Ko‘pchilik esa uning soxtaligini bilmagan ham. 2023 yil bahorda AQSh Mudofaa vazirligi kanselyariyasi ushbu amaliyotni zudlik bilan to‘xtatish buyrug‘i keltirilgan xizmat xatlarini yo‘llagan.
2023 yil yozda AQSh Kongressida Yerdan tashqarida hayot mavjudligi bo‘yicha eshituvlar bo‘lib o‘tgan. Unda Amerika razvedka hamjamiyatining sobiq xodimi Devid Grash chiqish qilgan. U Pentagon 1930 yillardan beri amerikaliklardan o‘zga sayyoraliklar bilan aloqasini yashirib kelayotganini ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Egasiz ko‘chmas mol-mulkni davlat mulkiga o‘tkazish tartibi tasdiqlanadi
Ko‘chmas mulk | 07:55
-
Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi
Jahon | 07:53
-
Budjet tashkilotlari pulidan qurilish loyihalarini amalga oshirish tizimi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:40
-
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi
Jahon | 07:36
Mavzuga oid

07:36
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi

21:49 / 27.07.2025
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp

18:30 / 27.07.2025
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda

14:00 / 27.07.2025