Ochiq okeanda 95 kun qolib ketgan perulik baliqchi qutqarildi
U 7 dekabr kuni qayiqda okeanga suzib ketgan, biroq ob-havo yomonlashgani bois yo‘nalishdan adashgan. Oradan 95 kun o‘tib Ekvadorga tegishli baliqchilar kemasi unga duch kelgan.

Foto: Peruvian Navy/AFP/handout/Getty Images
Tinch okeanida 95 kun qolib ketgan perulik 61 yoshli baliqchi Maksimo Napa Kastro tirik holda topildi, deb xabar beradi CNN.
Napa Kastro 7 dekabr kuni Peru janubidagi Markona shahridan okeanga qayiqda yo‘l olgan, ammo ob-havo yomonlashgani bois u yo‘nalishdan adashib, 11 mart kuni Ekvadorga tegishli baliqchilar kemasiga duch kelgunga qadar suzib yurgan.
Baliqchi yomg‘ir suvlarini to‘plab, hasharotlar, qush va toshbaqalar oziqlanishga majbur bo‘lganini so‘zlab bergan, oxirgi 15 kun ichida esa u hech narsa yemagan. Napa Kastro topilgan vaqtida juda og‘ir ahvolda bo‘lgan.
Mahalliy OAVga baliqchi oilasi haqidagi o‘ylari unga omon qolishga yordam berganini aytgan: «Onam uchun o‘lishni xohlamasligimni aytdim. Bir necha oylik nabiram bor, o‘sha uchun kurashdim. Har kuni onam haqida o‘yladim».
Baliqchining qarindoshlari va do‘stlari uch oy davomida uni qidirish bilan shug‘ullangan. Napa Kastroning qizi, xususan, otasi haqida 3 mart kuni Facebookʼka post qoldirib, hali umidini yo‘qotmagani haqida yozgan. Napa Kastro qutqarilganidan keyin u otasiga yordam ko‘rsatgan «ekvadorlik aka-uka»ga alohida minnatdorchilik bildirgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroittifoq Bolgariyani yevrohududga qabul qilishni tavsiya etdi
Jahon | 10:14
-
"Moody’s Ratings" xalqaro reyting agentligi "O‘zbekinvest" kompaniyasi reytingi prognozini "Ba2" - "ijobiy" darajagacha ko‘tardi
O‘zbekiston | 10:10
-
Tramp muddatni cho‘zdi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishi mumkin – 8-kun
Jahon | 10:02
-
8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi
O‘zbekiston | 09:55
Mavzuga oid

18:01 / 25.04.2025
Peruda 5 ming yillik mumiyo topildi

17:50 / 16.04.2025
Peru sobiq prezidenti pul yuvishda ayblanib 15 yilga qamaldi

12:04 / 28.03.2025
Jizzaxda 4 baliqchi hayvonot dunyosiga qariyb 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazdi

14:35 / 15.03.2025