Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Milliy PR-markazi» direktori tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangani aniqlandi
Turizm qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» davlat unitar korxonasi direktori D.Samandarova tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ushbu holatni bartaraf qilish so‘ralgan.

Foto: Milliy PR-markazi
Turizm qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» davlat unitar korxonasi direktori D.Samandarova tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan. Jumladan, u Avtoimkon Trade MChJ ta’sischilaridan biri bo‘lgan.
Qayd qilinishicha, 20 sentabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Turizm qo‘mitasiga ushbu holatga taalluqli taqdimnoma kelib tushgan. Unda D.Samandarovaning Avtoimkon Trade MChJ ta’sischiligidagi faoliyatini tugatish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmaslik va kelgusida shu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida rasman ogohlantirish o‘tkazish va tushuntirish ishlari olib borish choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Taqdimnomaga binoan Turizm qo‘mitasi ishchi guruh tuzgani va xizmat tekshiruvi olib borilayotganini ma’lum qildi.
Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 martdagi «Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida»gi qaroriga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan.
Shu bilan birga, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasiga asosan davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonunchilikda man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari bo‘lishi mumkin emas.
Shuningdek, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati sub’yektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga haqli emas.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:37
-
Kallas: Tramp Ukrainada tinchlikka erishish uchun Rossiyaga juda uzoq vaqt berdi
Jahon | 12:35
-
Toshkentda magistraturaga kirish uchun sertifikat olib berishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat | 12:22
-
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:15
Mavzuga oid

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

11:44 / 05.03.2025
Bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi «korrupsiyaga qarshi ichki nazorat» tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish topshirildi

11:30 / 05.03.2025