Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kallas: Tramp Ukrainada tinchlikka erishish uchun Rossiyaga juda uzoq vaqt berdi
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning aytishicha, Donald Tramp Ukrainada tinchlikka erishish uchun bergan 50 kunlik muddat juda uzoq. Davlat dumasi Kiyev bilan yangi muzokaralarga tayyor ekanini, biroq bu Rossiya Federatsiyasi shartlariga ko‘ra bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi.

Foto: DW
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning fikricha, Donald Tramp Vladimir Putinga Ukraina bo‘yicha tinchlik bitimini tuzish uchun bergan 50 kunlik muddat juda uzoq. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili 14 iyul, dushanba kuni shunday dedi.
«Prezident Trampning Rossiyaga nisbatan qat’iy pozitsiyasini egallashi juda ijobiy belgi», — dedi Kallas. «Boshqa tomondan, har kuni begunoh tinch aholini o‘ldirayotganini ko‘rsak, 50 kun juda uzoq muddat».
«Biz hammamiz Rossiyaga bosimni kuchaytirishimiz kerak, u ham tinchlikni xohlaydi», deb davom etdi Kallas. U Amerika Qo‘shma Shtatlari ham xuddi yevropaliklar kabi harbiy yordam ko‘rsatishiga umid qilmoqda.
14 iyul kuni Oq uyda NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda Donald Tramp Rossiya rahbariyatiga Ukrainada tinchlik kelishuviga erishish uchun 50 kun muhlat berayotganini aytdi. Aks holda, AQSh prezidenti Rossiyaning savdo hamkorlariga qarshi ikkilamchi sanksiyalar bilan tahdid qildi. Tramp Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlarini yuborish rejalarini ham tasdiqladi.
«Men prezident Trampdan xalqimiz hayotini himoya qilishga yordam berishga tayyorligi uchun minnatdorman», dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 14 iyul kuni kechqurun.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54
-
Prezident 92 ming bitiruvchini ishga joylashtirishni buyurdi
O‘zbekiston | 20:44
-
«Ukraina mojarosi kutilganidan ertaroq muzlatilishi mumkin» – Polsha bosh vaziri
Jahon | 20:24
-
Dehqonobod kaliy zavodi yopiq tarzda xususiylashtirildi
Iqtisodiyot | 20:24
Mavzuga oid

15:03
Reuters: Tramp fikriga qo‘shilmagan AQSh amaldorlari ta’qib qilinmoqda

14:21
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi

13:59
Kreml: Putin va Tramp «yaqin kunlarda» uchrashadi

11:46