O‘zbekistonda «Xalq salomatligi posboni» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHM 4 baravari miqdorida (1 mln 320 ming so‘m) biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

Hukumat qarori bilan “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.
Ko‘krak nishon bilan quyidagilar taqdirlanadi:
- mamlakatda sog‘lom turmush tarzini umummilliy harakatga aylantirishga munosib hissa qo‘shgan barcha darajadagi idora va tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari;
- jismoniy faollikni kundalik odatga aylantirib, uni o‘z jamoasi va aholi orasida targ‘ib qilishda alohida namuna bo‘layotgan shaxslar va sport murabbiylari;
- zararli odatlarning oldini olish, bartaraf etish, ularga qarshi kurashishda ijobiy natijalarga erishgan va jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishda faollik ko‘rsatgan fuqarolar;
- aholining sog‘lom ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratgan shaxslar;
- hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi, atrof-muhit toza va ozodaligini ta’minlash, aholida sanitariya-gigiyenik ko‘nikmalarni hosil qilish va mustahkamlash orqali kasalliklarning oldini olishga erishgan mutaxassislar;
- surunkali kasalliklar profilaktikasida xavf omillarini bartaraf etish va turmush tarzini ijobiy tomonga o‘zgartirishga undaydigan dolzarb materiallar tayyorlagan OAV vakillari;
- profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga va bu yo‘nalishda malakali kadrlarni tayyorlashga munosib hissa qo‘shgan tibbiyot sohasi xodimlari va boshqa mutaxassislar.
Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Ko‘krak nishoni har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Tibbiyot xodimlari kuni arafasida tantanali topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHM 4 baravari miqdorida (1 mln 320 ming so‘m) biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston universiteti xalqaro reytingda eng kuchli 500 ta OTM qatoridan joy oldi
O‘zbekiston | 08:03
-
Nyu-York meri lavozimiga nomzod Trampning «Katta ajoyib qonuni»ni talonchilik deb atadi
Jahon | 07:40
-
Shanhayda O‘zbekiston raqamli texnologiyalar markazi ochildi
O‘zbekiston | 07:28
-
Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari 22 ming gektardan ortiq maydonni qamrab oldi
Jahon | 07:26
Mavzuga oid

19:02 / 01.07.2025
Dunyoda har soatda 100 nafarga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi - JSST

15:37 / 24.06.2025
Shisha butilkalarda plastik butilkaga nisbatan ko‘proq mikroplastmassa borligi aniqlandi

21:49 / 03.06.2025
Olimlar mikroplastik inson vujudiga qanday ta’sir qilishini tushuntirdi

17:23 / 14.05.2025