Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda har soatda 100 nafarga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi - JSST
Shunisi e’tiborga loyiqki, ko‘pincha yolg‘izlikni o‘smirlar va yoshlar, shuningdek, kambag‘al odamlar his qilishadi.

Foto: WHO
Dunyoda har soatda yuzga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) so‘nggi hisobotida aytilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, dunyodagi har oltinchi odam yolg‘izlikdan aziyat chekadi, bu esa ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladi. Yolg‘izlik bilan bog‘liq muammolar yiliga 871 mingdan ortiq o‘limga olib keladi - bu soatiga taxminan 100 kishi.
JSST ekspertlari yolg‘izlik va ijtimoiy izolyatsiya insult, yurak xastaligi, diabet, kognitiv funksiyalarning pasayishi va bevaqt o‘lim xavfini oshirishini batafsil bayon qildi.
JSST ta’kidlashicha, bundan tashqari, yolg‘iz odamlar depressiyaga tushish ehtimoli ikki baravar ko‘p. Yolg‘izlik ko‘pincha tashvish va o‘z joniga qasd qilish haqida salbiy fikrlarga olib keladi. Bundan tashqari, yolg‘iz odamlarga sifatli ta’lim olish yoki yaxshi ish topish qiyinroq.
Shunisi e’tiborga loyiqki, ko‘pincha yolg‘izlikni o‘smirlar va yoshlar (barcha holatlarning chorak qismigacha), shuningdek, kam ta’minlangan odamlar his qilishadi.
Yolg‘izlik sabablari orasida mutaxassislar sog‘lig‘ining yomonligi, past daromad va ta’lim darajasi, yetarli darajada infratuzilma va davlat siyosati yo‘qligi, shuningdek, raqamli texnologiyalarning ortib borayotgan rolini ta’kidlaydilar.
2023 yilda JSST yolg‘izlikni inson salomatligi uchun global tahdid deb e’lon qildi. Uning odamga zararli ta’siri kuniga 15 dona sigaret chekish bilan barobar.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

16:52 / 23.07.2025
Isroil JSST omboriga hujum qildi: G‘azoda ommaviy o‘limlar xavfi kuchaymoqda

22:33 / 17.07.2025
“Yoshartiruvchi muolaja” - vaqtinchalik taskin: teri salomatligi aslida nimaga bog‘liq?

21:57 / 17.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi

17:08 / 10.07.2025