Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston universiteti xalqaro reytingda eng kuchli 500 ta OTM qatoridan joy oldi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Quacquarelli Symonds–QS tashkiloti asoschisi hamda prezidenti Nunsio Kvakkarelli bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatdagi oliy bilim yurtlarining xalqaro reytinglardagi o‘rinlarini mustahkamlash, nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, milliy oliy ta’lim tizimini yanada barqaror rivojlanishida global reytinglar va ularning mezonlarini bosqichma-bosqich joriy etishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot chog‘ida Nunsio Kvakkarelli Quacquarelli Symonds–QS tashkilotining shakllanishi, faoliyati va uning ustuvor vazifalari to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Uning aytishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda oliy ta’lim muassasalarining akademik standartlarini yuksaltirish va xalqaro reytinglarda ishtirokini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilyapti. Ushbu sa’y-harakatlar O‘zbekistonni Markaziy Osiyoda oliy ta’lim olish uchun eng qulay va muhim bo‘lgan yirik manzil sifatidagi ahamiyatini mustahkamlashga qaratilgan.
Britaniya tomoni O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi dunyoning eng nufuzli oliy bilim yurtlari qatoridan joy egallaganini mamnuniyat bilan ma’lum qildi. Jumladan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (469-o‘rin), O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat transport universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari QS World University Rankings 2026 reytinglarida qayd etilgan.
Shuningdek, ta’lim sohasida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda respublika universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini jadallashtirishga tayyor ekanini bildirdi.
QS 1990 yilda Nunsio Kvakkarelli tomonidan ta’sis etilgan. U oliy ta’lim tashkilotlarining xalqaro reytinglari va tahlili bo‘yicha dunyoning eng nufuzli tashkiloti hisoblanadi. Muassasaning 800 nafar (dunyo bo‘ylab) ekspertlari tomonidan jahonning 6950 ta universitetlarining xalqaro reytinglari tahlili olib boriladi. Mazkur tashkilotning bosh ofisi Londonda joylashgan.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainadagi urushda Rossiya tomonida qatnashgan erkakka hukm o‘qildi
O‘zbekiston | 19:11
-
Ukraina Rossiyadagi temiryo‘llarga zarbalarni ko‘paytirmoqda
Jahon | 18:55
-
«Krokus» terakti ijrochilari aybiga iqror bo‘ldi va pushaymonligini bildirdi
Jahon | 18:51
-
Ayrim oilalarga maktabgacha ta’lim xizmati uchun moddiy yordam to‘lash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 18:33
Mavzuga oid

12:16
Grant taqsimoti uchun ariza berish muddati 10 avgustgagacha uzaytirildi

21:19 / 28.07.2025
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi

13:13 / 24.07.2025
Nemis talabalari O‘zbekiston OTMda amaliyot o‘tashni boshlaydi

17:34 / 21.07.2025