Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti metrosi qurib bitkazildi
Prezident ushbu transport inshootini borib ko‘rdi, jamoatchilik vakillari bilan birga metroda yurdi. Toshkent yerosti va yerusti metro yo‘llari halqaga aylangani ta’kidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Poytaxtimiz jamoat transportida metropolitenning o‘rni juda katta. Uning qamrovini kengaytirish maqsadida, davlat rahbari tashabbusi bilan yerusti metrosi vujudga keldi.
O‘tgan yillarda bu ulkan loyihaning birinchi bosqichi va Sergeli yo‘nalishi ochilgan edi. Joriy yilda ikkinchi bosqich - Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti metrosi qurib bitkazildi.
Prezident ushbu transport inshootini borib ko‘rdi, jamoatchilik vakillari bilan birga metroda yurdi.
«2017 yilda bu loyihani boshlaganimizda ishonmaganlar ham bo‘lgan edi. Mana, Xudoga shukr, yerosti va yerusti metro yo‘llari bog‘lanib, halqaga aylandi. To‘g‘ri, og‘ir bo‘ldi. Lekin xalqimizga xizmat qiladigan, tarixda qoladigan yo‘l bu. Odamlarimiz, farzandlarimiz bunda yurib, davlatdan rozi bo‘lsa, niyatimizga yetgan bo‘lamiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mazkur ikkinchi bosqich doirasida 12 kilometr estakada yo‘l va 7 ta bekat barpo etilgan. Bu oraliqdagi qatnov vaqti 15 daqiqani tashkil etadi. Bir kunda 40 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.
Umuman, bugun Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan oshdi. Shundan 38 kilometri 1977 yildan keyin bunyod etilgan bo‘lsa, oxirgi 7 yilda 32 kilometr metro yo‘li qurildi. Bekatlar soni 50 taga yetdi. Metroda yuruvchi kunlik yo‘lovchilar soni 750 mingga yetishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, joriy yilda poytaxtga mingta avtobus olib kelindi. Natijada jamoat transportidan kuniga 1 million 400 ming nafargacha yo‘lovchilar foydalanmoqda. Bu shaxsiy transportlarga ehtiyojni, pirovardida ko‘chalarda tirbandlikni kamaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Germaniyaga Rossiya gazi o‘rniga amerikanikini taklif qildi
Jahon | 19:40
-
Britaniyada Uilyam Tyornerning 150 yil oldin yo‘qolgan kartinasi topildi
Jahon | 19:30
-
Devid Bekhemga ritsarlik unvoni beriladi
Jahon | 19:02
-
Trampning siyosati tufayli AQSh turizm sanoati 12,5 mlrd dollar yo‘qotadi
Jahon | 18:58
Mavzuga oid

10:00 / 12.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?

22:00 / 28.03.2025
Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishida FacePay orqali to‘lov tizimi ishga tushirildi

11:20 / 25.02.2025
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Imomali Rahmonning birinchi uch tomonlama sammiti mart oxirida bo‘lib o‘tadi

20:25 / 24.02.2025