Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishida FacePay orqali to‘lov tizimi ishga tushirildi
Transport vazilrigi yaqin orada ushbu tizim barcha metro bekatlarida joriy etilishini ma’lum qildi.

Foto: Transport vazirligi
FacePay to‘lov tizimi endi Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasida ham ishga tushirildi, deb xabar beradi Transport vazirligi.
Yangi xizmat yo‘lovchilarga turniket kamerasiga qarab naqd pul, karta va hatto smartfonsiz yo‘l haqini to‘lash imkonini beradi.
Qayd etilishicha, ushbu tizim Click va ATTO bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
«FacePay metroda sayohat qilishni yanada qulaylashtiradi, to‘lov vaqtini qisqartiradi va qog‘oz chiptalarga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etadi. Yaqin orada ushbu tizim barcha metro bekatlarida joriy etiladi», — deyiladi xabarda.
FacePay ishlashi uchun avvalo yo‘lovchilarning yuzi haqidagi ma’lumotlar qurilmaning bazasiga kiritilishi lozim. Buning uchun yo‘lovchi ATTO yoki Click ilovasiga kirib, tegishli funksiyani faollashtirish orqali yuzni skanerlashi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Toshkent metrosining «Buyuk ipak yo‘li» bekatida FacePay tizimi joriy etilgandi. Ammo keyinroq qurilmalar olib tashlangan. 2023 yilda esa aynan shu bekatda FacePay tizimini yana sinovdan o‘tkazish boshlangan edi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farhod ko‘chasidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh a’zolari ushlandi
Jamiyat | 14:47
-
Erta nikoh uchun javobgarlik kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 14:37
-
“Davolovchi” bilakuzuklar: shifomi yoki reklama tuzog‘i?
Jamiyat | 14:34
-
Rossiya Qozog‘istonga ketgan fuqarolardan 2 yillik soliqni talab qilmoqda
Jahon | 14:32
Mavzuga oid

10:00 / 12.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?

11:37 / 08.11.2024
Toshkent metrosining 9 ta bekatida pulli hojatxona quriladi

16:57 / 17.09.2024
Toshkent metrosida poyezdning nosoz holati sabab mega tirbandlik yuzaga keldi

17:33 / 29.01.2024