Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni bojxona faoliyatini takomillashtirish va raqamlashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

Qayd qilinishicha, so‘nggi yillarda bojxona hududida qayta ishlash turlari kengaytirilgani samarasida bu tarzda eksport qilingan tovarlar ulushi o‘tgan yili 1 milliard dollardan oshgan. Bu tizimni yanada soddalashtirib, shu yilning o‘zida eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish mumkin.
Ta’kidlanishicha, qo‘shni davlatlar bilan savdo va turizm aloqalari kengayib borayotgani tufayli chegaradagi yo‘lovchilar va avtotransport oqimi kamida 2 karra oshishi kutilmoqda. Bu qo‘shimcha infratuzilma yaratib, postlarda o‘tkazuvchanlikni oshirishni talab qiladi.
Jumladan, xalqaro qatnovlarni ko‘paytirish maqsadida avtobuslarda ham, aviareyslardagidek, yo‘lovchilar haqidagi ma’lumotlarni oldindan olish tizimi ko‘zda tutilmoqda. Natijada avtobuslar chegaradan soddalashgan tartibda o‘tkazilib, rasmiylashtirish vaqti 2 barobar qisqaradi. Shuningdek, eng yirik bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilish taklif etilmoqda.
Bojxona kuzatuvida sun’iy intellektni keng qo‘llash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda Jahon banki mutaxassislari ko‘magida “xavf tizimi” takomillashtiriladi. Bu tizim moliyaviy barqarorlik, savdo tarixi kabi 122 ta mezon bo‘yicha tadbirkorlarning ishonchlilik darajasini baholaydi. Shuningdek, rentgen tasvirlari sun’iy intellekt asosida tahlil qilinib, xavfli tovarlar avtomatik aniqlanadi.
Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, sohada xalqimiz uchun yengilliklar yaratish, tadbirkorlar va turistlarga tezkor xizmat ko‘rsatish zarurligini ta’kidladi. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida bunga bojxona qonunchiligini to‘liq muvofiqlashtirish vazifasi qo‘yildi.
Bojxona instituti salohiyatini oshirish, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, tahlika-tahlil bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash, dual ta’limni kengaytirib, amaliyotni yaxshilash muhimligi qayd etildi.
Mavzuga oid

10:49 / 10.03.2025
Daniya qog‘oz xatlardan butunlay voz kechdi

11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida

11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi

11:20 / 25.02.2025