Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Aldolmadi, tili kalimaga kelmay qoldi» - Zoyir Mirzayev Hidoyatovni tanqid qildi
Viloyat rahbari aholida uy-joyni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish mumkinligiga ishonch yo‘qolganini ta’kidlab, bunda Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov va boshqa sektor rahbarlarini aybladi.

Foto: Videodan kadr
17 iyul kuni Nurafshon shahrida Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev raisligida kun tartibidagi muhim masalalar ijrosiga qaratilgan navbatdagi hokimlik soati o‘tkazildi. Unda hokim viloyat hududida uylar qurilishi bilan bog‘liq vaziyatni tanqid qildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati namoyish etgan videolavhada hokim Toshkent viloyatining Chirchiq, Olmaliq va Nurafshon shaharlarida «Yangi O‘zbekiston» turar joy kompleksi qurilishi loyihasi bo‘yicha jami 3088 ta kvartiradan iborat 59 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi ko‘zda tutilgani, biroq loyihalar belgilangan muddatdan kechikayotgani, uylarni sotish jarayoni shaffof emasligini aytib o‘tgan.
Uning qayd etishicha, Chirchiq shahrining Iftixor mahallasida beshta pudratchi tashkilot tomonidan 20 uyning qurilish bajarilgan.
«Bu 49 foiz [ishlar bajarilgan]. Men borib uylarni ko‘rdim... maymunxona bo‘lib yotibdi, Chirchiqning bosh qurilish markazimas. Hokim ham bormagan, sektor [rahbarlari] ham bormagan, hech kim bormagan», — degan Zoyir Mirzayev.
Viloyat hokimi videoaloqa orqali Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov bilan bog‘lanmoqchi bo‘lgan, ammo u kelmagani ma’lum bo‘lgan, uning o‘rniga o‘rinbosari javob qaytargan, viloyat hokimi esa darhol uning so‘zini bo‘lib, Chirchiq shahri hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarini ishdan olishga topshiriq bergan.
«Qani hokim, kelmadimi? Sen gapirma. Hokiming kelsa gapirasan, kelmasa, o‘chirib tasha… Shahar-paharingni pishirib ye. Noinsof hammang», — degan Mirzayev.
Shundan keyin u o‘zining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shukurulla Mahmudovga yuzlangan.
«Siz ham bormasangiz, Hidoyatov degan kattakon bo‘yniga olmasa... Oyog‘i yerdan uzilgan, hammasining oyog‘i yerdan uzilgan. To‘rt sektor rahbarlari, prokurorga bergan topshiriqlarim hali esimda. Nimaga quruvchilar o‘yin qiladi?» — degan u.
Viloyat hokimi prokurorlarga murojaat qila turib, uylarni sotish jarayoni ham shaffof emasligini ta’kidladi. O‘z navbatida odamlarda uyni vositachisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olishga ishonch yo‘qolayotgani, bunday ishlarga qarshi huquq-tartibot idoralari nazoratni kuchaytirishi zarurligiga urg‘u qaratdi.
«Chirchiq shahrida uylarni sotishda korrupsion sxema ishlaydi. «Otkat» olyapti, «shapka» olyapti, ikkita odam boshqaryapti. Sizlar buni ochgilaring kelmayapti, viloyatdan turib ochib berishimizni kutyapsizlar. Odamlarda Chirchiqda to‘g‘ridan to‘g‘ri uyni sotib olish mumkin, degan ishonch yo‘qolgan.
Qurilish tashkilotiga mana bu domni bitkazdingmi, degan so‘rov yo‘q. Janob hokim meni mana shu 85-90 foizi tayyor deb, bir uyga olib kirdi. 50 foiz ham tayyor emas ekan. Beshinchi qavatga chiqqanidan keyin, o‘zi ham umrida birinchi marta chiqdi beshinchi qavatga janob Hidoyatov, eplolmadi, aldolmadi, aytgan gapi o‘tmadi, tili kalimaga kelmay qoldi», — degan Zoyir Mirzayev.
Viloyat rahbari aholini uy-joy bilan ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rahbarlarni «noinsof» deb atagan. «Hammalaring xalqni uy-joy bilan ta’minlashga mas’ulsizlar-ku? Chirchiqda yana boshqa nima qilyapsan? Boshqa qanday ishlar bor? Hammasi davlat bergan pul hisobiga bo‘lyapti. Birortangda tashabbus yo‘q, birortangda yangilik yo‘q, birortangda bir homiyni jalb qilish yo‘q… Hammasi pulli. Gul ektirdik, odam yuboraman, agar gullar qurigan bo‘lsa, o‘sha rahbarga jinoyat ishi ochtiraman. Har bitta gul uchun javob berishi kerak.
Viloyatdan (rahbarligidan) kelib nima qildi? Ikkita uyni nazorat qila olmasa? Sadqayi amal ket. Ikki oyog‘i yerdan uzilgan. Umuman noroziman Chirchiqdagi to‘rtta sektor rahbarlaridan, mutlaqo noroziman. Hammasiniki la-la-la-la, balo ham yo‘q. O‘sha yerda yotishi kerak to‘rtta sektor, janob Mahmudov. Bilganini qilib, korrupsion sxema ishlayapti. Siz borasiz, mashinadan tushmay qaytib kelasiz.
Men piyoda yurib, birorta dom qolmadi, hammasining birinchi, ikkinchi qavatlariga kirib chiqdim. Bu oliftalarning tili og‘zidan chiqib, galstuk bo‘lib qoldi. Yurolmaydi bularning hammasi, xomsemiz bo‘lib qolgan. Tamom bo‘lgan hammasi, hammasi olifta. Hammasi konditsioner tagida o‘tirgan», — degan hokim Chirchiq shahri rahbarlari haqida.
Majlisda, shuningdek, ijtimoiy soha obektlariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish holati ko‘rib chiqilgan. Zoyir Mirzayev bu masalaning tashkiliy, moliyaviy jihatlariga to‘xtalgan. Jumladan, mahsulotni maktab va tibbiyot muassasalari omborlariga keltirish, qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish muhim masala ekani qayd etilgan, bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan rahbarlar ogohlantirilgan.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

12:46 / 16.03.2025
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi

09:47 / 16.01.2025
Chirchiq shahridagi dorixonada bosqinchilik sodir etildi

20:01 / 10.01.2025
16 yillik rekord: eng ko‘p ishonch bildirilgan hokimlar

17:14 / 20.11.2024