«O‘zavtosanoat» rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulov gimnastika federatsiyasi raisi bo‘ldi
Federatsiyaga so‘nggi yillarda hozirda Toshkent shahriga hokimlik qilayotgan Shavkat Umrzoqov rais hisoblanardi.

Ulug‘bek Ro‘ziqulov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining raisi etib saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
17 iyun kuni Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Federatsiyaning avvalgi rahbari (Shavkat Umrzoqov) boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tashkilotga yangi rais saylash konferensiya kun tartibidagi asosiy masala bo‘ldi.
MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ushbu lavozimga federatsiya bosh homiysi «O‘zavtosanoat» AK boshqaruv raisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov nomzodini ilgari surdi. Konferensiya qatnashchilari bir ovozdan ushbu nomzodni qo‘llab-quvvatladi va Ulug‘bek Ro‘ziqulov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi raisi etib saylandi.
- Ulug‘bek Ro‘ziqulov 2023 yil mart oyida Shavkat Umrzoqov o‘rniga «O‘zavtosanoat» rahbari etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01 / 29.06.2025
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53 / 29.06.2025
-
Blue Origin kapsulasi 6 nafar turist bilan suborbital parvozni amalga oshirdi
Jahon | 21:48 / 29.06.2025
Mavzuga oid

16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”

18:00 / 05.12.2024
O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda

19:34 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi

15:26 / 10.07.2024