Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saidov va Lavrov uchrashuvida AES masalasi muhokama qilinmadi - manba
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidagi manba Kun.uz bilan suhbatda AES qurilishi bo‘yicha Rossiya bilan deyarli kelishuvga erishilgani haqidagi axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati
22 may kuni Moskvada uchrashgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonda AES qurilishi masalasini ko‘rib chiqmagan. Bu haqda Kun.uz'ga O‘zbekiston TIVdagi manba ma’lum qildi.
“Bu masalada hozircha hech qanday kelishuv imzolanmagan, suhbatda ham [AES masalasini] faqat Rossiya tomoni gap orasida aytib ketdi, xolos”, dedi ismi sir qolishini so‘ragan vazirlik rasmiysi.
Avvalroq, RF TIV bu uchrashuv oldidan tarqatgan axborotida O‘zbekiston hududida Rossiya tomonidan loyihalashtirilgan AES bo‘yicha bosh shartnomaning asosiy shartlari bo‘yicha kelishuv go‘yoki “yuqori darajada tayyor” ekanini iddao qilgandi.
Bu – Rossiya tomonidan AES bo‘yicha kelishuv deyarli tayyor, deyilayotgan birinchi holat emas. RF rasmiylari yillardan buyon ko‘plab muloqotlarda O‘zbekiston tomonini AES bo‘yicha kelishuvni tezroq imzolashga shoshirib keladi.
2020 yil dekabr oyida Rossiyaning Toshkentdagi elchisi Vladimir Tyurdenev atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi shartnoma “deyarli tayyor holatga keltirilgan”, faqat texnik jihatlari qoldi, degan edi.
“O‘zAtom” agentligi esa rus elchisining gaplarini rad qilib, hali kelishuvga erishilmagani ma’lum qilgan. “Shartnomani muhokama qilishda O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini inobatga olgan holda muzokara pozitsiyalari ishlab chiqilgan va himoya qilib kelinmoqda”, – deya bayonot bergan “O‘zAtom” agentligi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qoraqalpog‘istondagi tumanda issiq tufayli bog‘chalar yopildi
O‘zbekiston | 12:20
-
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi
Jahon | 12:04
-
Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha respublika kengashi tuziladi
O‘zbekiston | 11:48
-
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi
O‘zbekiston | 11:40
Mavzuga oid

12:04
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

11:27
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi

11:20
Rossiya dumasi «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunchilikni yana kuchaytirmoqda

11:15