Chikagoda Mustaqillik kuni paradida o‘t ochildi. Olti kishi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq kishi yaralangan
Jinoyatchi qo‘lga olingan.
Chikago rasmiylari shahar chekkasidagi Haylend-parkda Mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan paradda o‘t ochilishi oqibatida olti kishi halok bo‘lib, 30 dan ortiq kishi yarador bo‘lganini xabar qildi. Voqea joyida vintovka topilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi tomdan turib odamlarni o‘qqa tutgan. Politsiya xabar qilishicha, u narvon orqali turizm uchun mahsulotlar sotiladigan do‘kon tomiga chiqqan va odamlarga qarata o‘t ochgan.
U tezda voqea joyidan yashiringan. Biroz vaqt o‘tib politsiya uning shaxsini aniqlagan: bu 22 yoshli Robert Kraymo III bo‘lgan.
Politsiyaning hisoblashicha, u yolg‘iz harakat qilgan. Miltiq hujum joyida tashlab ketilganiga qaramay, unda hamon qurol borligi va xavfli ekani aytilgan.
Hujum motivlari haqida hech qanday xabar yo‘q.
Haylend-park politsiyasi shefi Kris O'Nilning so‘zlariga ko‘ra, guvohlar gumondor oq tanli va oq yoki havorang futbolkada bo‘lganini xabar qilishgan.
«Huquq-tartibot organlari jinoyatchini qidirish bilan band, jinoyat joyida o‘qotar qurol topilgan. Ko‘p sonli politsiya xodimlari voqea joyiga yetib kelishgan va Haylend-park atrofi o‘rab olingan», deyiladi Haylend-park rasmiy saytida.
Ko‘p o‘tmay uni qidirish ishlari muvaffaqiyatli yakunlangan. CNN telekompaniyasi xabar qilishicha, politsiyachilardan biri Kraymoni avtomobil rulida ko‘rib qolgan va uni to‘xtatishga uringan. Gumonlanuvchi bo‘ysunmagan, ammo tez orada uni quvib yetib, qo‘lga olishgan.
«U yana o‘t ocha boshladi»
Parad boshlanishidan o‘n daqiqa o‘tib o‘q ovozlari eshitilgan va bayram to‘xtagan. «Men birin-ketin chiqqan 20-25 o‘q ovozini eshitdim, bu to‘pponcha emas, miltiqdan otilayotgandi», deya hikoya qiladi Chicago Sun-Times nashriga mahalliy aholi vakili Maylz Zaremski.
«U biroz tanaffusdan keyin biz tomonga yana o‘t ochdi va bir ayol yerga quladi», deydi WGN kanaliga voqeaning boshqa bir guvohi Maykl.
Otishma bir necha daqiqa davom etgan. Paradga kelganlardan biri, 39 yoshli Aleksander Sandovalning aytishicha, otishma boshlanganida besh yoshli o‘g‘lini ko‘tarib binolardan birining ichiga kirib yashirinishga uringan, ammo bunga muvaffaq bo‘lmagan; shundan keyin u tor ko‘cha tomon chopgan va o‘g‘lini chiqindi idishi ichiga tashlagan. Uning rafiqasi va qizi «Makdonalds» restoraniga yashiringan.
Otishma boshlangach olingan videolardan birida marsh qilib borayotgan orkestr ishtirokchilari paradga kelgan boshqa ishtirokchilar va tomoshabinlar bilan qochishga tushganini ko‘rish mumkin. Boshqa videoda esa qochayotganlar atrofda nimalar sodir bo‘layotganini anglamagan va ishini davom ettirayotgan boshqa ansambl musiqachilari oralab chopayotgani aks etadi.

Haylend-park meri parad bekor qilinganini e’lon qilgan va barchani xavfli hududni tark etishga chaqirgan.
Nort Shor-Haylend-park shifoxonasi vakili Jim Entoni yaralanganlarning jami soni 31 kishi ekanini xabar qilgan.
«Ularning ko‘pchiligi o‘qotar quroldan jarohat olgan, ayrimlar parad vaqtidagi vahima va tiqilinchda shikastlanishgan», deya qayd etgan u.



Bu so‘nggi haftalarda AQShda ko‘plab qurbonlar va yaradorlarga olib kelgan ilk ommaviy qotillik emas (bir necha jabrlanuvchilar bilan bog‘liq epizodlar deyarli har kuni ro‘y beradi). 14 may kuni Nyu-York shtati Buffalo shahridagi supermarketda 10 kishi o‘ldirilib, uch kishi yarador qilingan, 24 may kuni esa Texas shtatining Uvalde shaharchasidagi boshlang‘ich maktabda 18 o‘quvchi va to‘rt nafar katta yoshlilar halok bo‘lib, 18 kishi shifoxonaga yotqizilgandi. Iyun oyida ham o‘nlab kishilar yaralanishiga olib kelgan otishmalar bo‘lib o‘tgan. Iyun oyida AQSh Kongressi qurol aylanmasini nazorat qilish to‘g‘risida so‘nggi yillardagi eng yirik qonunni qabul qildi, ammo bu ham qat’iy cheklovlarni nazarda tutmaydi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Ukraina Volgograddagi harbiy aerodromga hujum qildi. Ikkita Su-34 samolyoti yo‘q qilingani aytilmoqda
Jahon | 23:31 / 27.06.2025
-
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi
Jamiyat | 23:04 / 27.06.2025
-
Toshkentda tirbandliklarni prognoz qiladigan markaz ish boshladi, aka 3 yoshli ukasini sotuvga qo‘ydi, Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» bilan taqdirlandi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:53 / 27.06.2025
Mavzuga oid

19:34 / 10.06.2025
Avstriyadagi maktabda otishma: to‘qqiz kishi halok bo‘lgan

20:12 / 22.05.2025
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi

20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi

19:05 / 05.05.2025