Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada jurnalistlar Aleksey Pivovarov va Oleg Kashin «xorijiy agentlar» deb e’lon qilindi
Rossiyada yana olti kishi ommaviy axborot vositalari - «xorijiy agentlar» sifatida tan olindi. Tadbirkor Yevgeniy Chichvarkin jismoniy shaxslar - «xorijiy agentlar» ro‘yxatiga kiritildi.

Foto: DW
Rossiya Adliya vazirligi 3 iyun, juma kuni ommaviy axborot vositalari - «xorijiy agentlar» reyestriga yana olti kishini, jumladan, jurnalistlar Oleg Kashin va Aleksey Pivovarovni kiritdi. Bundan tashqari, yangilangan ro‘yxatga tarixchi Mixail Sokolov, rassom Yuliya Tsvetkova, siyosatshunos Nikolay Petrov va faol Irina Danilovich qo‘shilgan.
Shuningdek, idora «xorijiy agent» funksiyalarini bajaruvchi jismoniy shaxslar ro‘yxatini yangiladi. Ushbu reyestrga «Yevroset» uyali telefonlar do‘konlari tarmog‘ining sobiq egasi bo‘lgan tadbirkor Yevgeniy Chichvarkin kiritildi. Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Chichvarkin Ukrainadan mablag‘ olib, siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Rossiyada «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonunchilik 2012 yilda paydo bo‘lgan. O‘shandan beri 450 ga yaqin tashkilot va jismoniy shaxslar taqiq ro‘yxatiga kiritilgan. Jismoniy shaxslar - «xorijiy agentlar» reyestri aprel oyi boshida ishga tushirildi va NNTlar - «xorijiy agentlar», ommaviy axborot vositalari - «xorijiy agentlar» hamda ro‘yxatdan o‘tmagan tashkilotlar - «xorijiy agentlar» ro‘yxati bilan bir qatorda to‘rtinchi ro‘yxatga aylandi.
Aprel oyi oxirida davlat dumasi «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasini ishlab chiqdi. U hozirda mavjud reyestrlarni bittaga birlashtirishi kerak. Agar qonun qabul qilinsa, u rasmiylarga xorijdan mablag‘ olmagan, biroq «qo‘llab-quvvatlash yoki xorijiy ta’sir ostida bo‘lgan» shaxslarga «xorijiy agent» maqomini berish imkonini taqdim etadi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025