Zaharli moddalar ko‘milgan maxsus obektlar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar ko‘milgan hamda saqlanayotgan maxsus obektlar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning "Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etilgan.
Hujjat bilan belgilanishicha, zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar ko‘milgan hamda saqlanayotgan maxsus ombor va poligonlar Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.
Quyidagilarni moliyalashtirish manbalari belgilandi:
- maxsus obektlarni konservatsiya va rekonstruksiya qilish, margimush chiqindilarini boshqa joyga ko‘chirib ko‘mish, shu jumladan, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq chora-tadbirlar - ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan;
- maxsus obektlarni joriy saqlash xarajatlari - Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
- yangi joyni joriy saqlash xarajatlari -mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan.
Davlat ekologiya qo‘mitasiga quyidagilarni ta'minlash topshirildi:
- maxsus obektlarda olib boriladigan rekultivatsiya va obodonlashtirish ishlarining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishini;
- har chorakda maxsus obektlar atrofida zaharli moddalarning tarqalishini aniqlash bo‘yicha tuproq va yer osti suvlari tarkibi kimyoviy tahlildan o‘tkazib borilishini.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01 / 29.06.2025
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53 / 29.06.2025
-
Blue Origin kapsulasi 6 nafar turist bilan suborbital parvozni amalga oshirdi
Jahon | 21:48 / 29.06.2025
Mavzuga oid

09:04 / 18.04.2025
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

15:38 / 09.01.2025
Kanallarga ifloslantiruvchi moddalar tashlanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi

13:10 / 09.10.2024
Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish holatlari belgilandi

09:30 / 17.09.2024