Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish holatlari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Getty Images
Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar qatoriga notibbiy maqsadda foydalanish yoki dozalarning oshirilishi natijasida inson salomatligi va ruhiyatiga faol ta’sir ko‘rsatuvchi, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatida belgilangan moddalar va ulardan tayyorlangan dori vositalari kiradi.
Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni quyidagi hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan olib kirish va olib chiqishga ruxsat beriladi:
- mamlakatda bo‘lish davrida, ikki haftalik ehtiyojdan ortiq bo‘lmagan miqdorda jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, xususan, tibbiyot muassasasining shifokori tomonidan moddalar turi, buyurilgan qabul qilish va davomiylik muddati ko‘rsatilgan hujjati (shifokor xulosasi) yoki retsept nusxasi mavjud bo‘lsa;
- respublika hududida va uning hududidan tashqarida yashab turgan bemorni davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tasdiqlangan tibbiy ko‘rsatma asosida davolash kursi doirasida davolash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa;
- diplomatik vakolatxonalarning va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik xodimlari, shu jumladan, ular bilan birga yashab turgan oila a’zolarining shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa;
- respublika hududiga kirib kelayotgan yoki uning hududidan chiqib ketayotgan transport vositasining yo‘lovchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan va tibbiy dorilar qutichasi tarkibiga kiritilgan bo‘lsa;
- xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlari ishtirokchilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalar ishtirokchilarini davolash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa.
Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar va ulardan tayyorlangan dori vositalarini yo‘q qilish:
- ularning yaroqlilik muddati tugaganda;
- ulardan foydalanish imkoniyatini istisno etuvchi kimyoviy yoki fizik ta’sirga uchraganda;
- ularning alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga mansubligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan hollarda amalga oshiriladi.
Ularni yo‘q qilish giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni yo‘q qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

09:04 / 18.04.2025
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

15:38 / 09.01.2025
Kanallarga ifloslantiruvchi moddalar tashlanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi

09:30 / 17.09.2024
Toshkentga kirib kelayotgan Lexus yo‘lovchisi yonidan taqiqlangan modda topildi

07:42 / 26.04.2024