Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekiston iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligiga bog‘lanib qolgan” - Jahon banki vitse-prezidenti
O‘zbekiston iqtisodiyoti agrar sektorga qattiq bog‘lanib qolgan, mamlakatda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish kerak, deydi O‘zbekiston iqtisodiy forumida qatnashayotgan Anna Berde.

O‘zbekiston iqtisodiy forumida Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde mamlakatdagi o‘zgarishlar va isloh qilinishi zarur bo‘lgan sohalar haqida to‘xtalib o‘tdi.
“O‘zbekiston iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligiga qattiq bog‘langan. Iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirish kerak. Mamlakatda ishsizlik darajasi 10 foizdan yuqori. Shu sabab yangi islohotlarni amalga oshirishda o‘tmishdagi tajribalardan to‘g‘ri xulosa chiqarish va tizimli reja va dasturlar ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hukumat 2030 yilga borib o‘rtacha rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilishni o‘z oldiga qo‘ymoqda.
Menimcha, mamlakatdagi eng katta muammo inson kapitali bilan bog‘liq. Insonlarni rivojlantirish, ta'lim va ijtimoiy sohani isloh qilish kerak. Mamlakatda tabiiy resurslarning katta bazasi mavjud va bu iqtisodiy inqiroz paytida bardoshlilikni oshirishga ko‘mak beradi. Pandemiya sabab mamlakat tashqi qarzi keskin ortganini ham inkor qilib bo‘lmaydi.
Keyingi islohotlar davrida xususiy sektorni rivojlantirish va korporativ boshqaruv bo‘yicha ishlarni jadallashtirish kerak. Bunda birinchi o‘rinda xususiy sektordagi raqobatni oshirish kerak. Ayollarni mehnat jarayoniga jalb qilish, ular uchun ish joylari yaratishning uzoq va qisqa dasturlari bo‘lishi kerak. Mamlakatdagi hududlarning bir tekisda rivojlanishiga e'tibor qaratish ham juda muhim deb o‘ylayman.
Yashil iqtisodiyotga o‘tish butun dunyoda dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolayotgan iqlim o‘zgarishiga qarshi turishga yordam beradi. Iqlim o‘zgarishi mamlakatlardagi YaIMga keskin ta'sir o‘tkazishi mumkin. Shu sabab O‘zbekiston 2025 yilgacha qayta tiklanadigan energiya resurslarini 25 foizga oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirmoqda.
Bir narsaga e'tibor qaratish kerak, oxirgi paytlarda O‘zbekistonda hukumat vakillari bilan ishlashda shaffoflik oshgan. Xususan, Moliya vazirligidagi tashqi qarz va boshqa sohalarga oid ko‘plab ma'lumotlardan bemalol foydalanishimiz mumkin”, – dedi Anna Berde.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40
-
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?
Jahon | 22:31
-
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 22:28
-
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
Jahon | 21:54
Mavzuga oid

19:02
“Vahshiylik shu darajada bo‘ladimi..?” - zaharli dori sabab vodiyda asalarilar qirilib bitmoqda

07:55 / 10.07.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli mablag‘ ajratiladi

10:27 / 09.07.2025
Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi

12:36 / 08.07.2025