Iqtisodiyot | 07:55 / 10.07.2025
1546
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli mablag‘ ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining "Hududlarda kooperatsiyalarni tashkil etish orqali aholining daromad manbalarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Foto: Fotolia

Mahallalarda kooperatsiya tizimini tashkil etish orqali shaxsiy yordamchi va dehqon (fermer) xo‘jaliklari yerlaridan samarali foydalanish, ularning daromadliligini yanada oshirishga erishish rejalashtirilgan. Buning uchun hujjat bilan aholi daromadlari manbalarini ko‘paytirish va ishsizlikni bartaraf etishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:

  • mahallalarda ixtisoslashuv yo‘nalishlarini belgilash, yangi loyihalarni amalga oshirish;
  • o‘zini o‘zi band qilishni kengaytirish;
  • tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘rgatish;
  • aholini imtiyozli kreditlash asosida ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va xomashyo bilan ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqarilgan (yetishtirilgan) mahsulotni sotishga ko‘maklashish va boshqalar.

AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank”, ”Turonbank” va "Aloqabank" tijorat banklari 2025 yilda dehqon (fermer) xo‘jaliklari va tomorqa yerlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish (yetishtirish) (baliqchilik, quyonchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik) hamda mahsulotlarni xarid qilish uchun 500 mlrd so‘m miqdorida kreditlar ajratadi.

Kooperatsiya asosida aholi daromadlarini oshirish maqsadida kooperativlarni tashkil etayotgan kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlariga bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish nazarda tutilmoqda.

Bunda, "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ tomonidan hududlar toifasidan kelib chiqib, milliy valutada 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori va bazaviy stavkaning 1,75 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hamda 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga bazaviy stavkaning 40 foizigacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlari kompensatsiya qilinadi.

Mavzuga oid