Jahon banki O‘zbekistonda 24ta loyihani moliyalashtiradi
Jahon banki O‘zbekistonda amaldagi Sheriklik dasturi bo‘yicha umumiy qiymati 4,3 milliard dollarga teng bo‘lgan 24ta loyihani moliyalashtiradi.

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqsi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Berdening O‘zbekistonga qilgan tashrifi yakunlari bo‘yicha maqolasi chop etildi.
Ta'kidlanishicha, Jahon Banki 2022-2026 yillarda O‘zbekistonda Sheriklik dasturi doirasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.
Amaldagi dastur bo‘yicha, umumiy qiymati 4,3 milliard dollarga teng bo‘lgan 24ta loyiha moliyalashtiriladi. Ushbu loyihalar makroiqtisodiy islohotlar, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta'lim, suv ta'minoti va sanitariya, energetika, transport, aholini ijtimoiy himoya qilish, shahar va qishloqlarni rivojlantirish kabi muhim sohalarda amalga oshiriladi.
Anna Berde O‘zbekistonga tashrifi davomida Jahon banki tomonidan ajratilgan umumiy qiymati 289 million dollar va Shveytsariyaning Iqtisodiy ishlar bo‘yicha davlat kotibiyatining 7,8 million dollarlik kreditlarini imzolash marosimida ham qatnashgan. Ma'lum qilinishicha, ushbu mablag‘lar O‘zbekistonning uchta mintaqasida suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash va bozorga yo‘naltirilgan Milliy innovatsion tizimni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish ishlarida sarflanadi.
Ma'lumot uchun, bu Anna Berde xonimning Markaziy Osiyoga birinchi tashrifi hisoblanadi. Shuningdek, Jahon bankining vitse-prezidenti Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistonda ham amaliy tashrif bilan bo‘ldi. Asli Shveytsariya fuqarosi hisoblanadigan Anna Berde 2020 yil 1 maydan e'tiboran Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

10:23 / 12.06.2025
Jahon iqtisodiyotini 2008 yildan beri eng sekin o‘sish kutmoqda - Jahon banki

17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

09:55 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi

16:09 / 15.04.2025