Mamlakat kadrlar zaxirasiga muhtoj, ammo minglab bitiruvchilar qayerda?
Davlat sektori va OTM vakillari ishtirokidagi interaktiv tadbirlarni o‘z ichiga olgan Ziyo Week haftaligi o‘tkaziladi. Haftalik doirasida yetakchi ish beruvchi kompaniyalarning e'tiborini jalb qilish orqali bilimli yoshlarga yangi karera istiqbollariga yo‘l ochish rejalashtirilmoqda..

Foto: Shutterstock
O‘zbekistonda OTM bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash muammosi dolzarb. Mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmasligi keskin sezilayotganiga qaramay, har yili bitiruvchilarning aksariyati o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylasha olmaydi. Bu qaysidir ma'noda, ta'lim jarayoni mobaynida talabalarning kamdan kam hollarda to‘laqonli amaliyotdan o‘tishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, viloyatlarda ish haqi to‘lanadigan amaliyotlar odat tusiga kirmagan.
- Hozirgi kunda bizning ta'lim tizimimiz talabalarning ulkan ma'lumot oqimi, yangi ilmiy izlanishlar va texnologiyalarni o‘zlashtirishlariga qaratilgan. Zamon shiddat bilan o‘zgarib bormoqda va biz ish beruvchilar bilan faol hamkorlik qilayotgan oliygohlarning bitiruvchi kadrlari sifati sezilarli darajada yaxshilanayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bu amaliyotga boshqalar, avvalo talabalarning o‘zlarini jalb qilish muhimdir. Ko‘rinib turibdiki, mamlakatga kadrlar zaxirasi zarur, mutaxassislar yetishmasligi nafaqat tijorat sohasi, balki davlat xizmatida ham mavjud, — deydi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Yusuf Absoatov. - O‘z navbatida, biz mazkur yo‘nalishdagi tarkibiy va tizimli o‘zgarishlarni amalga oshirishda Fond va boshqa tashkilotlar bilan muzokaralarga tayyormiz.
Ziyo Week doirasida Ziyo Forum platformasining asosiy formatlari talabalarni ta'lim olish davridanoq karera qurishga tayyorlash uchun sinovdan o‘tkaziladi.
- Biz talabalar va OTMlar bilan doimiy ravishda muloqot qilamiz. Hozirda karerani rejalashtirish bilan bog‘liq muammolar juda keskin sezilmoqda: ko‘pchilik o‘z mutaxassisligining mohiyatini bilmasdan, "diplom uchun" o‘qishga boradi. Fond loyihalari asosida biz oliygohdagi ta'limdan uzoqlashmagan holda, o‘z karerasini rejalashtiradigan eng kuchli talabalar jamoasini shakllantirmoqchimiz. Buning uchun biz, avvalambor, potensial xodimlarni ish beruvchilar bilan bog‘lashimiz kerak. Bugun bizda shunday imkoniyat mavjud.
Ta'kidlashim lozim bo‘lgan yana bir muhim jihat – ko‘plab bitiruvchilarda rivojlangan soft skills ko‘nikmalarining yetishmasligi kuzatilib, u esa, o‘z navbatida, yosh mutaxassislarga ish jarayonida samarali ishtirok etishlarida yordam beradi. Masalan, ko‘plab yoshlar o‘zlarini tanishtirish, rezyumeni to‘g‘ri to‘ldirishni bilmaydilar, samarasiz muloqot qiladilar, – deydi Ziyo Forum ilm-fan va ta'lim-tarbiyani rivojlantirish fondi direktori Bobur Farmonov.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Vladimir Putin: Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro ortda qoldi
Jahon | 08:40
-
Hindiston ShHT qo‘shma deklaratsiyasini imzolashdan bosh tortdi
Jahon | 08:21
-
Eron TIV rahbari: Vashington bilan yadroviy muzokaralarni boshlash haqida hech qanday qaror qabul qilinmagan
Jahon | 08:05
Mavzuga oid

18:01 / 23.04.2025
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

18:00 / 01.04.2025
Maktab vazirligi 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilardan pasportni o‘z vaqtida olishni so‘radi

10:51 / 30.11.2024
Andijonda bitiruvchilar dars hisobidan 3 kunlik armiyaga yuborilmoqda, MMTV buni oqlamasligini bildirdi

09:42 / 26.05.2024