Vladimir Putin: Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro ortda qoldi
Rossiya G‘arb moliya institutlariga qaramligini kamaytirishga harakat qilmoqda.

Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Eron o‘rtasidagi erkin savdo shartnomasi may oyida kuchga kirganini aytdi: «Yaxshiyamki, Yaqin Sharqdagi vaziyat barqarorlashmoqda. Aytishimiz mumkinki, Isroil va Eron o‘rtasidagi uzoq muddatli mojaro ortda qoldi».
Putin Belarus poytaxti Minskda bo‘lib o‘tgan YeOII forumida nutq so‘zladi.
YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 97 milliard dollarga yetgani haqida xabar bergan Putin, bu savdo aylanmasida milliy valutalarning ulushi 93 foizni tashkil etishini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Jahon banki va G‘arb moliya institutlari bilan munosabatlari «qiyin holatda»: «Buning sababi bu institutlarning siyosiy majburiyatidadir».
Putin Rossiya G‘arb moliya institutlariga qaramligini kamaytirishga harakat qilayotganini ta’kidladi.
G‘arb davlatlari muzlatib qo‘ygan Rossiya aktivlari haqida gapirar ekan, prezident: «Mening yuridik diplomim bor. Oltin-valuta zaxiralarimiz o‘g‘irlanishi haqida o‘yladim. O‘g‘rilik yashirincha sodir bo‘lyapti. Bu ochiqdan ochiq talon-toroj qilishdir. Shuning uchun biz moliyaviy vositalarimizni yaxshilashga harakat qilyapmiz», dedi.
Putin Isroil va Eron o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlikka to‘xtalar ekan shunday dedi: «May oyida Eron bilan (YeOII bo‘yicha) erkin savdo bitimi faollashdi. Yaxshiyamki, Yaqin Sharqdagi vaziyat barqarorlashmoqda. Aytishimiz mumkinki, Isroil va Eron o‘rtasidagi uzoq yillik mojaro ortda qoldi. Bu bizga mintaqadagi barcha davlatlar bilan yaqinroq munosabatlarni rivojlantirishga yo‘l ochadi».
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Magistraturaga hujjatlar qabuli boshlandi
O‘zbekiston | 21:59
-
Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar bilan ushlandi
O‘zbekiston | 21:49
-
Rossiya dronlari yana Ukrainadagi harbiy komissariatlarga hujum qilmoqda
Jahon | 21:45
-
AQSh «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhidan terrorchi tashkilot maqomini olib tashladi
Jahon | 21:42
Mavzuga oid

13:55
Isroil hujumlarga javoban Yamandagi husiychilar obektlariga zarba berdi

10:58
Isroilda G‘azoda doimiy otashkesim o‘rnatish talabi bilan ko‘p ming kishilik aksiya o‘tkazildi

10:03
AQSh HAMASni G‘azodagi gumanitar yordam tarqatish punktiga hujumda aybladi

09:20