Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab vazirligi 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilardan pasportni o‘z vaqtida olishni so‘radi
Vazirlik OTMga kirish uchun tegishli hujjatlar, xususan, pasport ma’lumotlari ham ABITUR elektron bazasiga kiritilishini, ammo bitiruvchilarning 23 ming nafari hanuzgacha shaxsni tasdiqlovchi hujjatini olmagani sababli bazaga kirmaganini ma’lum qildi.

Abituriyentlarning OTMga kirish uchun tegishli hujjatlari onlayn qabul qilinadi. Jarayonda shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ya’ni ID-karta ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi.
Maktabgacha va maktab vazirligiga ko‘ra, jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida vazirlikning elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan. Shundan kelib chiqib 16 yoshga kirgan o‘quvchilarning qanchasi hanuzgacha ID karta olmagani hisoblangan.
Qayd etilishicha, hozirgacha shu o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 450 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 23 ming (5,1%) nafari ID karta olmagani sababli ularning pasport ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan. Vazirlik ota-onalarga so‘rov bilan chiqmoqda.
“Farzandingizning Konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini elektron bazaga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni so‘raymiz”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar pasportni olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
Mavzuga oid

23:51 / 10.07.2025
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

21:59 / 07.07.2025
Magistraturaga hujjatlar qabuli boshlandi

13:30 / 05.07.2025
Xususiy OTM uchun litsenziya talablari o‘zgardi, bu yaxshimi yoki yomon? – mutaxassislar bilan suhbat

08:03 / 05.07.2025