Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi
11-sinf bitiruvchilari majburiy hamda tanlov fanlari bo‘yicha yakuniy attestatsiyadan o‘tkaziladi. Attestatsiyada kuzatuv kengashi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari ham qatnashishlari mumkin.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining «Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida»gi buyrug‘iga ko‘ra, endi ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi.
Hujjatga muvofiq, bitiruvchi sinflarda yakuniy attestatsiya o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati, shakli va muddatlari har o‘quv yilida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda ushbu ro‘yxatga ta’lim tili o‘zbek bo‘lmagan maktablar uchun davlat tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi doirasida 11-sinf bitiruvchilari majburiy hamda tanlov fanlari bo‘yicha yakuniy attestatsiyadan o‘tkaziladi. Bunda tanlov fanlari ro‘yxatidan bitiruvchi oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonidagi o‘z tanlagan yo‘nalishga mos fanlarni tanlashi mumkin.
Yakuniy attestatsiyada kuzatuv kengashi hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
Xorijiy tillar hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchi yakuniy attestatsiya topshiriladigan fandan ozod etiladi. Xorijiy tillar hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida 2025 yilidan boshlab ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda
Jamiyat | 22:27
-
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
Jahon | 22:19
-
Xitoyda Shinjon-Uyg‘ur avtonomiyasi amaldori o‘limga hukm qilindi
Jahon | 22:15
-
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?
Jamiyat | 21:53
Mavzuga oid

10:21 / 24.06.2025
50 nafar pedagogni attestatsiyasidan o‘tkazib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

12:44 / 08.05.2025
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi

15:41 / 28.04.2025
Bahorgi attestatsiyadan boshlab ayrim pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi

11:58 / 25.04.2025