«Sputnik V» Italiyada ishlab chiqarilishi mumkin
Fonddagilar Italiya hukumati bilan bu borada muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qilgan.

© Kirill Kuxmar/TASS
Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) va Shveytsariyaning Adienne Pharma&Biotech kompaniyasi «Sputnik V» vaksinasini Italiyada ishlab chiqarishga kelishib olishdi. Bu haqda jamg‘arma raisi Kirill Dmitriyev Italiyaning Rai 3 kanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
«Biz Italiya hukumati bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. «Sputnik V»ga xayrixoh bo‘lgan va uni ishlab chiqarishni istagan hududlar ko‘p. Biz preparatni Shveytsariyaning Adienne Pharma&Biotech kompaniyasi bilan birga Italiyada ishlab chiqarishda hamkorlik qilmoqchimiz», degan u.
Dmitriyev ishlab chiqarish mexanizmi Italiyada yangi ish o‘rinlari yaratish va mahsulotni nazorat qilish imkonini berishi mumkinligini qistirib o‘tgan.
«Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqarilishi Italiyada iyun oyida boshlanishi va yil oxirigacha ishlab chiqarilgan vaksinalar adadi 700 million dozaga yetishi mumkin.
Jamg‘arma raisining so‘zlariga ko‘ra, mart oxiriga qadar RFPI 10 mamlakatda 20 loyiha haqida e'lon qiladi. Xususan, ayni damda Germaniya va Fransiyada ham ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilinyapti.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" "Borussiya Dortmund"ga javobsiz to‘rtta gol urdi, "PSJ" "Aston Villa" ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi
Sport | 02:04
-
Zelenskiy Rossiya xitoyliklarni urushga TikTok orqali yollayotganini ma’lum qildi
Jahon | 00:52
-
Osiyo kubogi U-17. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan yirik g‘alabaga erishdi
Sport | 00:22
-
Estoniya prezidenti Rossiya va Belarus fuqarolarining mahalliy saylovlarda ovoz berishini taqiqlovchi qonunni tasdiqladi
Jahon | 23:52 / 09.04.2025
Mavzuga oid

18:30 / 04.04.2025
«AQSh Rossiyaning pozitsiyasini eshitmoqda». Putinning elchisi Vashingtondagi uchrashuvlar natijalari haqida gapirdi

11:29 / 02.04.2025
RFPI bosh direktori Dmitriyev muzokaralar uchun AQShga tashrif buyurishi mumkin

11:54 / 31.03.2025
Italiya Rossiyani YeI obekti ustidan dron uchirganlikda gumon qilmoqda

16:59 / 06.03.2025