O‘zbekiston | 17:00 / 09.04.2025
6055
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi

Yulduz va Lola - Yandex Cloud bulutli platformasi va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan yangi ovozlar. Yulduz va Lola o‘zbek va rus tillarini bir xil darajada mukammal bilishadi, shuningdek, ikkala til aralashgan nutqni ham tushunishadi. Ular ovozlaridan O‘zbekistondagi kompaniyalar va davlat muassasalarining sall-markazlari hamda mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarida ovozli robotlar yaratish uchun foydalanish mumkin.

Foto: Yandex Uzbekistan

Ovozlar bir nechta ampluada mavjud bo‘lib, robotlar va yordamchilarga vaziyatga mos ravishda foydalanuvchilar bilan muloqot qilish imkonini beradi. Misol uchun, ular xizmatlarni samimiy va xushmuomala ohangda taklif qilishadi, murakkab muammolarni hal qilishda esa vazmin va jiddiy ohangda gapiradilar. Bundan tashqari, ovozlar pichirlab ham gapira oladi. Bu imkoniyat mijoz kechqurun qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroq qilganda yoki atrofdagilarni bezovta qilmaslik uchun yordamchiga pichirlab murojaat qilganda juda qo‘l keladi. Bunday xilma xillik biznesga har qanday vaziyat uchun mos keladigan ovozni tanlash imkonini beradi.

Yangi ovozlar sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish texnologiyalariga asoslangan Yandex SpeechKit nutqni sintez qilish va tanib olish xizmatiga kiradi. Xizmat o‘zbek tili bilan 2023 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda faol rivojlanishda davom etmoqda.

Yandex SpeechKit har qanday kontentni ovozlashtirish, ilovalar va xizmatlarga ovozli boshqaruv funksiyalarini o‘rnatish, shuningdek, qo‘ng‘iroq markazlarini avtomatlashtirish imkonini beradi. Bu xodimlar yukini yengillashtiradi va biznes xarajatlarini kamaytiradi, shuningdek, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tezlashtiradi va yaxshilaydi.

Bunday xizmatlarga bank sohasi, telekommunikatsiya va chakana savdo sohalarida talab yuqori. O‘zbekiston bozori bu yo‘nalishda faol rivojlanmoqda: biznes raqamlashtirishga intilmoqda, davlat ham bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

“Yandex Cloud bir tomondan, biznesni boshlash uchun tayyor texnologiyalarni taqdim etadi. Boshqa tomondan, u texnologiyalarni integratsiyalash va joriy etishga yordam beradigan mahalliy ishlab chiquvchi kompaniyalardan iborat hamkorlik tarmog‘ini yaratadi. O‘zbekiston bozori uchun yaratilgan Yulduz va Lolaning yangi ovozlari Yandex Cloud tomonidan biznes uchun xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan ilk qadamlardan biridir”, — deya izohlaydi Yandex Cloud’da nutq texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishi rahbari Yelena Belobrova.

Yandex Cloud O‘zbekistonda biznes uchun 29 aprel kuni birinchi uchrashuvini o‘tkazadi, uchrashuv davomida nutq texnologiyalarini joriy etish holatlari bilan o‘rtoqlashadi va mintaqadagi rejalari haqida so‘zlab beradi.

Yandex Cloud – ommaviy bulutli platforma bo‘lib, uning yordamida biznes raqamli mahsulotlarni yaratishi va takomillashtirishi, ma’lumotlarni qayta ishlashi, tahlil qilishi va saqlashi, shuningdek, mashinali o‘rganish va sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarni joriy etishi mumkin. Yandex Cloud Markaziy Osiyo mintaqasida 2021 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid