Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shartli ozodlikka chiqarilgan mahkumlar elektron brasletlar orqali nazorat qilinadi
Jamoatchilik muhokamasiga e'lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil uchun davlat dasturi loyihasida xalqaro standartlar va insonparvarlik tamoyilini keng joriy etgan holda jazoni ijro etish va probatsiya xizmatini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.
Prezident farmoni loyihasida tegishli tashkilotlar zimmasiga 2021 yil 1 iyun oyigacha:
- xalqaro standartlardan kelib chiqib, 25ta manzil-koloniyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish;
- birinchi marta ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan va qat'iy tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkumlarni manzil-koloniyaga o‘tkazish amaliyotini bekor qilib, ularni jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri probatsiya nazoratiga olish tartibini joriy qilish;
- jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish vakolatini jazoni ijro etish muassasalaridan yangi tashkil etiladigan insonparvarlik komissiyalariga o‘tkazish;
- probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini nazorat qilish, ularni ijtimoiy moslashtirish va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish mexanizmlarini kuchaytirish;
- probatsiya nazoratidagi shaxslarning xatti-harakatlarini, ularga elektron braslet vositasini taqqan holda, real vaqt rejimida elektron kuzatish va monitoring qilish tartibini joriy qilish;
- «probatsiya faoliyati» ta'lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
- hokimliklar huzuridagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari faoliyatini takomillashtirish kabi bir qator muhim choralarni nazarda tutuvchi qarorlar loyihalarini tayyorlash va qabul qilish uchun kiritish vazifasi yuklangan.
Malumot uchun, probatsiya – mahkumlarga qonun hujjatlariga muvofiq ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni qo‘llash tizimi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti
Jamiyat | 11:57
-
🔴 LIVE: Trampning ultimatumi: real ogohlantirishmi yoki puch tahdid?
Jahon | 11:29
-
Mers Trampning Ukraina uchun qurol bo‘yicha tashabbusini olqishladi
Jahon | 11:09
-
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi
Jamiyat | 11:06
Mavzuga oid

12:09 / 09.02.2025
Fransiya sobiq prezidentiga elektron braslet taqildi

15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi

17:27 / 07.08.2024
Probatsiya nazoratidagi shaxsga elektron braslet qo‘llanadi

11:45 / 31.01.2024