Fransiya sobiq prezidentiga elektron braslet taqildi
Nikolya Sarkoziga sud qarori bilan faqat ertalab soat 8:00 dan 20:00 gacha uyidan chiqishiga ruxsat berildi.

Foto: AFP
Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkoziga telefon suhbatlarini maxfiy eshitish ishi bo‘yicha sudlanganidan keyin elektron braslet taqildi. Le Monde yozganidek, bu sobiq davlat rahbari uchun misli ko‘rilmagan chora.
Sarkozi endi faqat soat 8:00 dan 20:00 gacha, dushanba, chorshanba va payshanba kunlari esa soat 21:30 gacha uydan chiqishi mumkin. Shu kunlari u Liviya tomonidan o‘z prezidentlik kampaniyasini moliyalashtirish bo‘yicha ochilgan ish yuzasidan sudda qatnashishi lozim.
Qayd etilishicha, Nikolya Sarkozining 2024 yilning 18 dekabrida «maxfiy eshitish» deb atalgan ish bo‘yicha Fransiya Oliy sudiga bergan apellyatsiyasi rad etilib, unga nisbatan 1 yillik qamoq jazosi va uni elektron monitoring bilan almashtirish haqidagi hukm o‘zgarishsiz qoldirildi.
Sarkozi «hukmning mohiyatiga e’tiroz bildirishda davom etmoqda», dedi uning advokati Jaklin Laffon va «oy oxirigacha» ishni Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudigacha olib borishini qo‘shimcha qildi. Biroq, bu hukmning ijrosiga to‘sqinlik qilmaydi.
Sobiq davlat rahbari ayni damda 2007 yilgi saylov kampaniyasini Liviya tomonidan noqonuniy moliyalashtirilganlikda gumon qilinib, 10 aprelgacha davom etadigan sud jarayonida qatnashmoqda.
Ta’kidlanishicha, Sarkozi 70 yoshdan oshgan shaxslar uchun qonunda nazarda tutilgan muayyan shartlarni bajarsa, brasletni olib tashlash uchun ariza berishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sankt-Peterburgda Bosh harbiy-dengiz paradi bekor qilindi
Jahon | 14:11
-
Usta Shirin ko‘chasida Cobalt va Tracker-2 to‘qnashdi
O‘zbekiston | 14:10
-
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari kollektorlaridan foydalanish qoidalari belgilandi
O‘zbekiston | 14:04
-
AQSh Kongressi Trampning «katta ajoyib» qonun loyihasini qabul qildi
Jahon | 13:56
Mavzuga oid

22:35 / 03.07.2025
Fransiyada aviadispetcherlar ish tashlash e’lon qildi. Bu Yevropada 1,5 mingta reysning bekor qilinishiga olib keladi

13:36 / 03.07.2025
Anorbank aksioneri Parijda o‘g‘irlab ketildi. Tafsilotlar

07:31 / 27.06.2025
Fransiya Isroil tomon yo‘l olgan Eronning 10 ga yaqin dronini yo‘q qilgan

13:41 / 26.06.2025