Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tashabbusli budjet”da “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi
2024 yil 1 apreldan boshlab, “Tashabbusli budjet” loyihalari tashabbuskorlarning ish sifati yuzasidan roziligini olmay turib, loyihalar foydalanishga qabul qilinmaydi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2024 yilgi davlat dasturi loyihasida “Tashabbusli budjet” bilan bog‘liq muhim tartib belgilanmoqda.
Belgilanishicha, 2024 yil 1 apreldan boshlab “Tashabbusli budjet” doirasidagi loyihalar tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga qabul qilish tartibi joriy etiladi.
2024 yil 1 avgustga qadar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga tashabbusli budjet bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan ma’lumotlar olish, mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq ajratilishini talab qilish hamda loyihalar amalga oshirilishini jamoatchilik tomonidan monitoring qilish imkoniyati yaratilishi ham ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, 2024 yil mart oyidan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida ovoz berishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ovoz berish jarayonida fuqarolarni identifikatsiya qilish hamda bir fuqaro tomonidan berilgan bitta ovozni qabul qilish tizimi joriy etiladi.
“Tashabbusli budjet”ning o‘tgan yillardagi mavsumlarida pudratchilar tomonidan ishning sifatsiz bajarilish holatlari uchradi. Yangi tartib shu kabi e’tirozlarning oldini olish hamda loyihalarni sifatli bajarishni ta’minlashga qaratilgan.
Davlat dasturi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 14 fevralgacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

09:59 / 04.07.2025
“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15 iyuldan boshlanadi

20:37 / 08.04.2025
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumida ba’zi mahallalarga tanaffus beriladi

08:52 / 04.04.2025
“Tashabbusli budjet”da 33 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

19:04 / 25.03.2025