Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazir: «Sog‘lom turmush tarziga amal qilganlar rag‘batlantiriladi»
Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani tajribasi asosida aholi orasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtiriladi.

O‘zbekiston prezidenti 13 oktabr kuni Sirdaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Oqoltin tumanidagi «Yangi Toshkent» mahallasida bo‘ldi. Prezident shu yerdagi zamonaviy qiyofa kasb etgan oilaviy poliklinikaga kirib, xodimlar va aholi bilan suhbatida tibbiyot bilan sport hamohangligini kuchaytirib, odamlarni sog‘lom turmush tarziga odatlantirish, aholining umrini uzaytirish masalalari borasida takliflar berdi.
«Ko‘p yurish bilan to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini yo‘lga qo‘yib olsak, tibbiyotdagi 30-40 foiz masalani hal qilgan bo‘lamiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Oqoltin tumani tajribasi asosida aholi orasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish taklifini ilgari surdi.
Ayni shu tashabbusni hayotga tatbiq etish maqsadida 14 oktabr kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Oqoltin tuman hokimligida qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari shifokorlari, mahalla faollari va aholi vakillari bilan uchrashdi. Tadbirda aholining to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faolligini oshirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish zarurligi, ushbu amallarning sog‘lom hayotga qaytarishdagi samarasi borasida so‘z bordi.
«Koronavirus infeksiyasi kishilarning sog‘lig‘i, hayotiga xavf solayotgan bir paytda hammani virusdan zararlanganda qanday qilib undan tez va oson qutulish mumkin, degan savol qiynamoqda. Muammoning yagona va eng samarali yechimi sog‘lom turmush tarziga amal qilishdir. Bu nafaqat virusdan himoyalanish, balki uzoq va baxtli hayot kechirishning ham eng asosiy qoidasi, talabi hisoblanadi. Kasallikning kuchli asoratlari va o‘lim holatlari asosan yurak qon-tomir kasalliklari, qandli diabet, o‘pkaning surunkali kasalliklari bo‘lgan yoki ortiqcha vaznga ega bo‘lgan, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste'mol qilgan, kamharakat insonlarda uchramoqda.
Shuni unutmasligimiz kerakki, kasallikning yengil kechishi yoshga bog‘liq emas, katta yoshda bo‘lsa ham to‘g‘ri ovqatlanadigan, jismoniy faol bo‘lgan, semizligi va diabeti bo‘lmagan insonlarda kasallik ancha yengil kechadi.
Sog‘lom turmush tarzining asosi esa, jismoniy faollik va to‘g‘ri ovqatlanishdir. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, inson kuniga 5-7 kilometr yursa, qon tomir kasalliklari, yurak xuruji, insult kabi xastaliklardan butunlay yiroq bo‘ladi. Ortiqcha vazn esa, kasalliklar uyasidir.
Oqoltin tajribasi asosida aholimizni ko‘proq yurishga, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilishlariga odatlantiramiz. Avvalo, ularning jismoniy holatini aniqlab olish uchun aholi vakillarining bo‘yi, vazni, bel aylanasi o‘lchanib, tibbiy varaqalarida qayd etiladi. Har bir mahallada aniq belgilangan bir vaqtda o‘zaro masofa saqlagan holda keksayu yoshlar yurish marafoniga chorlanadi. Odamlar buning foydasini tushunib yetgachgina har kuni uzoq masofaga yurish, to‘g‘ri ovqatlanishni odatga aylantiradi.
Shuningdek, mahallalar o‘rtasida «Eng sog‘lom mahalla», «Eng sog‘lom ko‘cha» tanlovlari o‘tkazilib, o‘z salomatligiga befarq bo‘lmagan fuqarolarga turli rag‘batlantirish mukofotlari taqdim etiladi», degan vazir.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston Razvedka xizmati raisi va ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 13:27
-
Ohangaronda yuk mashinasi YTH joyida ishlayotgan inspektorlar mashinasini urib yubordi
Jamiyat | 13:20
-
Prezident maktablari 1-bosqich imtihon natijalari chiqdi
Ta’lim | 13:14
-
103 xizmati barcha hududiy filiallarida Call-back tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda
O‘zbekiston | 13:12
Mavzuga oid

22:33 / 17.07.2025
“Yoshartiruvchi muolaja” - vaqtinchalik taskin: teri salomatligi aslida nimaga bog‘liq?

21:57 / 17.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi

17:08 / 10.07.2025
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?

15:12 / 08.07.2025