Koronavirus: O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda 500ga yaqin yangi holat aniqlanib, 500dan ortiq bemor tuzaldi
26 sentabr kuni O‘zbekistonda 491 kishida koronavirus aniqlanib, 504 kishi tuzalgani va 4 kishi vafot etgani tasdiqlandi. Kunlik kasallanish ko‘rsatkichi qatorasiga ikkinchi kun 500dan kam bo‘ldi.
Rasmiy statistikada jami holatlar soni 55 mingga yaqinlashdi: hozirgacha 54 953 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 51 458 nafari tuzalgan.
Qurbonlar soni kamida 4 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha 454 nafarga yetdi.
Yangi holatlar (+491)
Kun davomida respublikaning 8 hududida tana harorati ko‘tarilgani hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi holatlar aniqlangan.
- Toshkent shahrida 310 holat;
- Toshkent viloyatida 84 holat;
- Namangan viloyatida 29 holat;
- Andijon viloyatida 15 holat;
- Sirdaryo viloyatida 14 holat;
- Qashqadaryo viloyatida 14 holat;
- Jizzax viloyatida 13 holat;
- Samarqand viloyatida 12 holat.
Tuzalganlar (+504)
Kun davomida respublikaning 8 hududida jami 504 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 51 ming 458 nafarga yetdi (93 foiz).
- Toshkent shahrida 308 nafar;
- Toshkent viloyatida 108 nafar;
- Namangan viloyatida 30 nafar;
- Andijon viloyatida ham 16 nafar;
- Jizzax viloyatida ham 16 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 12 nafar;
- Samarqand viloyatida 10 nafar;
- Xorazm viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.
SSV 26 sentabr kuni yana 4 nafar bemor vafot etgani va shu vaqtgacha rasmiy statistikaga kiritilgan o‘lim holatlari soni 454taga yetgani haqida xabar qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3041 nafar bemordan 719 nafari og‘ir, 294 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 11:54
-
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 11:42
-
«AQSh eng kuchli harbiy uskunalarni ishlab chiqaradi va Isroilda ular juda ko‘p» – Tramp Eronga tahdid qildi
Jahon | 11:39
-
JSST Sudandagi bolalar uchun ocharchilik tahdidi haqida ogohlantirdi
Jahon | 11:21
Mavzuga oid

10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis

03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi

10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda

23:06 / 16.01.2023