Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
Kasallikning yengil bosqichida uy sharoitida davolanayotganlar asoratlar paydo bo‘lishi xavfiga e’tiborsiz qaramasligi kerak.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Zamonaviy tibbiyot kovid bilan kasallanganlar qon tomirlarida tromb hosil bo‘lish xavfi yuqori ekanini tasdiqlagan. Bu haqda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimov aytib o‘tdi.
«Tromboz tananing bir yoki bir nechta qismi, masalan, oyoq, son-chanoq tomirlarida qon quyqasi hosil bo‘lishi bilan kechadi. Ular qon oqimini qisman yoki to‘liq to‘sib qo‘yadi. Bu vaqt o‘tishi bilan qator kasalliklar, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin.
Agar tromb uzilib, qon oqimi bo‘ylab borib, o‘pka arteriyasiga tiqilib qolsa, o‘pka tromboemboliyasi rivojlanadi.
Oyoqlarda tromboz tufayli posttromboflebit sindromi ham kuchayishi mumkin. Bunda bemorning oyog‘ida qattiq shish, zichlashish, yallig‘lanish va keyinchalik yaralar paydo bo‘ladi.
Zamonaviy tibbiyot COVID-19 bilan kasallanganlar qon tomirlarida tromb hosil bo‘lish xavfi yuqori ekanini tasdiqladi. Bu — koronavirusning eng jiddiy asoratlaridan biri. Mazkur holat o‘rtacha 30 foiz bemorlarda uchramoqda.
Keksa yoshli, tana vazni yuqori, jismoniy faolligi cheklangan, yurak-qon tomir va onkologik xastaliklarga chalingan hamda o‘pka emboliyasi yoki chuqur tomir trombozidan aziyat chekuvchilar xavf guruhiga mansub aholi toifasiga kiradi.
Kuzatuvlarimizga ko‘ra, SOVID-19’dan keyingi sindrom ko‘pincha kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lgan paytdan boshlab bir oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin.
Hozir bu holat shifokorlarimizga yaxshi ma’lum va shu bois trombozning oldini olish uchun davolanish paytida bemorlarga antikoagulyant terapiya buyurilyapti.
Biroq kasallikning yengil bosqichida uy sharoitida davolanayotganlar bu asoratlar paydo bo‘lishi xavfiga jiddiy e’tibor qaratmaydi. Oqibatda ma’lum vaqt o‘tgach, ular salomatligida o‘zgarishlar kuzatilayotganidan shikoyat qiladi.
Shu sababli koronavirusdan tuzalgan bemorlarga vaqti-vaqti bilan koagulogramma tekshiruvlaridan o‘tib turish tavsiya etiladi. Bu orqali tromboz xavfini samarali aniqlash va o‘z vaqtida davo choralarini ko‘rish mumkin.
Eng asosiy tavsiyamiz esa koronavirusga qarshi o‘z vaqtida, to‘liq bosqichda va buster dozada emlanish. Bu sizni nafaqat kasallikdan, balki uning xavfli asoratlari, xususan, trombozdan asraydi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

15:46 / 09.06.2024
Yozda quyosh urishidan qanday himoyalanish kerak - mutaxassis tavsiyalari

03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi

10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda

23:06 / 16.01.2023