Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Koreya bilan hamkorlikda onkologiya tibbiyot markazi bunyod etiladi
Bugun Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Koreya tibbiyot assotsiatsiyasi ilmiy-tekshirish qo‘mitasi raisi, ushbu assotsiatsiyaning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtabi yetakchi maslahatchisi, Koryo universiteti professori Tsoy Chjye Uk bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash va ularning xastalikdan tezroq forig‘ bo‘lishlari uchun yuqori tibbiy texnologiyalardan unumli foydalanishni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilingan.
«Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Koreya Respublikasi tajribasi dunyo jamoatchiligi tomonidan e'tirof etilmoqda. Aytish mumkinki, mazkur mamlakatda aprel va iyul oylari davomida koronavirusning tarqalishi deyarli jilovlanib, o‘rtacha kasallik 2–70 nafargacha qayd etilganini ko‘rish mumkin. 50 million nufusga ega bo‘lgan Koreyada pandemiya boshlangandan beri kasallik aniqlanganlar soni 22 504 nafarga yetib, ulardan 19 310 nafari tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Tsoy Chjye Ukning aytishicha, Koreyada bir haftadan so‘ng umumta'lim maktablari ochilishi rejalashtirilmoqda. Dastlab maktab o‘quvchilarining uchdan bir qismi uch kun davomida an'anaviy, qolgan ikki qismi onlayn tarzda o‘qitiladi. Uch kundan so‘ng birinchi guruhga topshiriqlar berilib, uyda onlayn ta'limga o‘tkaziladi va keyingi uch kunlikda esa navbatdagi guruh chaqiriladi va jarayon shu tarzda davom etadi. Agar bu tajriba yaxshi samara bersa, barcha o‘quvchilar uchun an'anaviy ta'lim yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Oliy ta'lim muassasalari esa, asosan, onlayn rejimda faoliyat yurita boshlaydi. Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga hozircha ruxsat berilmagan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Sog‘liqni saqlash vazirligida o‘tgan muloqot davomida Koreya bilan hamkorlikda yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy onkologiya tibbiyot markazi bunyod etilishi ham ma'lum qilingan.
«Shu yilning 20 may kuni prezidentimiz poytaxtimizda Koreya loyihasi asosida barpo etilgan Bolalar milliy tibbiyot markaziga tashrif buyurganida, uning yonida kattalar uchun ham zamonaviy klinika hamda oliy o‘quv yurti tashkil etilishi haqida aytgan edi. Bugungi uchrashuvda Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tibbiyot oliy o‘quv yurti va onkologiya markazi ham shu hududda joylashib, yirik tibbiyot kompleksi tashkil etilishi ma'lum qilindi. Shu orqali tibbiyot tizimining ham ilmini, ham amaliyotini eng ilg‘or standartlar darajasiga ko‘tarish ko‘zlanmoqda», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01
-
Prezidentning Jizzaxga tashrifi, ijtimoiy obektlarning geoportali, shahodatnomadagi baholarning imtihonda inobatga olinmasligi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
Mavzuga oid

15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi

10:41 / 16.01.2025
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga bosh shifokor tayinlandi

11:00 / 15.10.2024
O‘zbekiston va Vengriya saraton kasalligini davolash sohasida hamkorlik qiladi

20:54 / 05.06.2024